Jamiyat

Davlat xizmatchilarining eng kam yillik mehnat taʼtili uzaytirilishi mumkin

© Sputnik / Grigoriy Sыsoyev / Fotobankka oʻtishUchastniki meropriyatiya
Uchastniki meropriyatiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.10.2021
Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksida davlat xizmatchilari uchun kamida 27 kunlik mehnat taʼtili kafolatlanadi.
TOSHKENT, 26 okt – Sputnik. Davlat xizmatchilarining eng kam yillik mehnat taʼtili 27 kunga uzaytirilishi mumkin. Bu haqda yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi loyihasida belgilab qoʻyilmoqda.
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi xabariga koʻra, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan uch oʻqishda qabul qilinib, ayni damda Senatga joʻnatilgan kodeks matnida yillik mehnat taʼtili boʻyicha qator yangiliklar mavjud.
Xususan, yangi kodeksda xodimlarga yillik asosiy mehnat taʼtilining eng kam muddati sifatida 21 kalendar kun koʻrsatilgan. Amaldagi kodeksda esa bu muddat kamida 15 ish kuni etib belgilangan.
Amaldagi tartibga koʻra 15 ish kunidan iborat taʼtil davlat xizmatchilariga ham tatbiq qilib kelingan va bu muddat jamoa shartnomasiga koʻra beriladigan qoʻshimcha taʼtil hisobiga uzaytirilishi mumkin boʻlgan.
Kodeks ushbu koʻrinishda qabul qilinsa, davlat xizmatchilari uchun kamida 27 kunlik mehnat taʼtili kafolatlanadi.
Loyihaga koʻra, davlat xizmatchilarining ayrim toifalari uchun qonunlarda belgilangan yillik mehnat taʼtilining 27 kundan ham uzoqroq muddatlari oʻz kuchida qoldiriladi va 27 kunlik muddat ushbu uzaytirilgan taʼtillarga tatbiq etilmaydi.
Studentы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.06.2021
Jamiyat
Talabalarga akademik taʼtil berishning yangi tartibi belgilandi – asosiy oʻzgarishlar
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala