Rossiya

Deniyel Chjou: Huawei kompaniyasi rossiyalik olimlar ishlanmalaridan manfaatdor

© Press-slujba kompanii HuaweiDeniyel Chjou
Deniyel  Chjou - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.10.2021
Huawei hozir nimaga faol sarmoya kiritmoqda, kompaniyaning Rossiya va jahon bozorlarida qiziqishlari nimadan iborat – batafsil maqolada.
TOSHKENT, 26 okt – Sputnik. Huawei kompaniyasi rossiyalik olimlarning izlanishlari uchun investitsiya kiritishga tayyorligini Huawei kompaniyasining Yevroosiyo mintaqasidagi prezidenti Deniyel Chjou jurnalistlarga maʼlum qildi.
U Huawei kompaniyasining 26-27 oktyabr kunlari onlayn tarzda boʻlib oʻtayotgan “Raqamli birlashma 2021” (Huawei Digital Community Conference2021, HDCC) anjumanida nutq soʻzladi.
Bu yirik anjumanda tadbirkorlar, ekspertlar va siyosatchilar axborot kommunikatsiya texnologiyalar sohasidagi raqamlashtirish tendentsiyalarini muhokama qilishadi.

Yaqin kelajakdagi raqamlashtirish trendlari

Chjou soʻzlariga koʻra, hozirgi vaqtda kompaniya sarmoya kiritayotgan ikki yoʻnalish bor. Jumladan, bu trendlar ishlanmalari uchun yangi boʻlimlarni ochmoqda.
“Birinchi navbatda bu raqamli energetika. Hozirda dunyo boʻylab keng muhokamalarga sababchi boʻlayotgan narsa bu uglerod neytralligidir, shuning uchun biz raqamli energetika bilan shugʻullanadigan boʻlinma tashkil qildik”, – dedi Deniyel Chjou.
Investitsiyaning ikkinchi yoʻnalishi – bu energetika unumdorligi bilan bogʻliq.

“Bizning innovatsiyalarimiz yordamida tayanch stantsiyalari energetika unumdorligi, maʼlumotlarni qayta ishlash markazlari faoliyatining samaradorlik darajasini oshirmoqchimiz. Bundan tashqari, avtomobillarning elektrik tortish faoliyatini 86 foizdan 89 foizgacha koʻtarishga qodir M-Power qurilmani ishlab chiqmoqdamiz. Shu tariqa, bir quvvatdagi marshrut davomiyligi 4,5 foizga oshiriladi”, – qoʻshimcha qildi Chjou.

Bu yangi ishlanmalarni HDCC konferentsiyasi doirasida boʻlib oʻtadigan virtual koʻrgazmada koʻrish mumkin boʻladi. Shu bilan birga ayrim texnologiyalar omma va ekspertlar uyushmasiga ilk marta namoyish etiladi.

Hukumat va biznesning raqamlashga boʻlgan talablari

“Rossiya toʻrtinchi raqamli inqilob sari olgʻa surib, bulutli platforma, sunʼiy intellekt, blokcheyn, internet mahsulotlari va katta maʼlumotlar bazalari yoʻnalishlarida katta yutuqlarga erishmoqda. Huawei Rossiya hukumati va tadbirkorlari bilan hamkorlik qiladi. Biz koʻrib turganimizdek, xususiy va hukumat sektorida ham raqamli transformatsiya uchun katta talablar qoʻyilgan”, – deb taʼkidladi Chjou.
Uning soʻzlariga koʻra, Huawei’ning koʻplab rossiyalik hamkorlari allaqachon raqamlashtirish sohasida sezilarli muvaffaqiyatlarga erishgan.

"Misol tariqasida bizning hamkorimiz – “Sber”ni keltirishim mumkin. Ular boshqa global moliyaviy tashkilotlar bilan solishtirganda, juda yaxshi natijalarni koʻrsatishmoqda. Shuningdek, Federal soliq xizmatini ham koʻrsatish mumkin. U integratsiya va ilovalarni ishlab chiqish sohasidagi yutuqlari tufayli dunyodagi eng yaxshi natijalardan birini namoyish etishmoqda”, – dedi Huawei kompaniyasining Yevroosiyo mintaqasidagi prezidenti.

Chjou Huawei kompaniyasi Rossiyaning raqamli transformatsiyasiga salmoqli hissa qoʻshmoqchiligini ham taʼkidladi.
"Rossiyalik hamkorlarimiz bilan birgalikda biz yagona raqamli kelajak hamjamiyatini qurmoqchimiz. Huawei kompaniyasi raqamli mahsulotlari bilan turli sohalarni raqamlashtirishni taʼminlaydigan va xizmatlarni yetkazib beruvchi hisoblanadi", – dedi u.
Logotip kompanii Huawei - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.10.2021
Jamiyat
Ekspertlar Huawei konferentsiyasida raqamlashtirishdagi trendlarni muhokama qilishadi
Uning qoʻshimcha qilishicha, eng qiziqarli dasturiy ishlanmalar mualliflari boʻlgan kompaniyalar Huawei bilan birgalikda xalqaro bozorga chiqadi.

Isteʼdodlar uyda qolishlari mumkin

Chjouning soʻzlariga koʻra, kompaniyaning yana bir maqsadlaridan biri, Rossiyada 5G simsiz tarmoqlarini rivojlantirish.
"Dunyoda beshinchi standart boʻyicha 176 ta tarmoq faoliyat koʻrsatmoqda, abonentlar soni esa 500 milliondan oshgan. Va biz abonentlar oʻn barobargacha oshgan tezlikni olayotganligini koʻrmoqdamiz. Hozir dunyoda 10 mingdan ortiq 5G2B loyihalari mavjud. Ular Rossiya bozori uchun qiziqarli boʻlishi mumkin. Shunday qilib, Xitoyda 5G2B sohasida togʻ-kon sanoati, port inshootlari va ishlab chiqarishda inson ishlashi uchun xavfli boʻlgan joylarda qiziqarli loyihalar mavjud", - dedi Deniyel Chjou.
Chjou aytishiga koʻra, Huawei har yili yoshlar oʻrtasida axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasida tanlov oʻtkazadi.
Kompaniya uchun keyingi qadam ham hukumat, ham uyali aloqa operatorlari ehtiyojlarini qondiradigan va maqbul narx-navo nisbatiga ega boʻlgan uskunalarni ishlab chiqish boʻladi.
“Oxirgi yetti yil ichida Yevroosiyo hududida 60 mingdan ziyod insonlar ishtirok etishgan. Rossiyaning 97 OTMlarida AKT-akademiyalarini tashkil etilgan boʻlib, dunyoning har bir chekkasidagi talabalar Xitoyga borib Huawei kompaniyasining ilgʻor texnologiyalari bilan tanishishlari mumkin”, – deydi Chjou.
Uning soʻzlariga koʻra, yuqori texnologiyalar bilan tanishish uchun vatanni tark etish, Yevropa yoki Amerikaga borishning zaruriyati yoʻq.
"Yosh mutaxassislar oʻz mamlakatida qolib, yuqori texnologiyalarni rivojlantirishga hissalarini qoʻshishlari mumkin", - deya xulosa qildi Huawei kompaniyasining Yevroosiyo mintaqasidagi prezidenti Deniyel Chjou.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala