Iqtisod

Goʻsht, baliq, kartoshka QQSdan ozod qilindi

Kusok myasa - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.10.2021
Prezident Soliq kodeksiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisidagi qonunni imzoladi.
TOSHKENT, 26 okt – Sputnik. Oʻzbekistonda goʻsht, baliq, kartoshka mahsulotlari qoʻshilgan qiymat soligʻidan (QQS) ozod qilinadi. Tegishli qonun prezident tomonidan 25 oktyabr kuni imzolandi.
Soliq kodeksiga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, 2021 yil 10 oktyabrdan 31 dekabrgacha boʻlgan davrda goʻsht (mol, qoʻy, tovuq), tirik hayvonlar (qoramol va parranda) va ularni soʻyishdan olinadigan mahsulotlarni, kartoshkani hamda muzlatilgan baliqni realizatsiya qilish boʻyicha aylanma, shuningdek, ularni Oʻzbekistonga olib kirish qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadi.
Hujjat Qonunchilik palatasi tomonidan 19 oktyabr kuni qabul qilingan edi. Senat uni 21 oktyabr kuni maʼqullagan. Bu aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli taʼminlash, narxlarning barqarorligini saqlashga xizmat qilishi taʼkidlanmoqda.
Banan, illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.10.2021
Iqtisod
Oʻzbekistonda banan va tsitrus mevalar bojxona bojidan ozod qilinadi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala