Siyosat

Oʻzbekiston prezidentining rasmiy belgilari joriy etildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPismennыe prinadlejnosti
Pismennыe prinadlejnosti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.10.2021
Endilikda Oʻzbekiston prezidenti oʻzining belgisi va shtandartiga (bayrogʻiga) ega boʻladi.
TOSHKENT, 26 okt – Sputnik. “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi qonunga qoʻshimcha kiritildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev tegishli qonunga imzo chekdi.
Kiritilgan koʻshimchaga koʻra, Oʻzbekiston prezidenti oʻzining belgisi va shtandartiga (bayrogʻiga) ega boʻladi.
Prezident belgisi va shtandarti (bayrogʻi) tavsifi, ulardan rasmiy foydalanish tartibi prezident tomonidan belgilanadi.
Ushbu hujjat Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan 18 oktyabr kuni qabul qilingan edi. 21 oktyabr kuni Senat uni maʼqulladi.
Deputatы prinyali zakon, kotorыm uchrejdayutsya simvolы prezidenta — znak i shtandart (flag). - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.10.2021
Siyosat
Oʻzbekiston prezidentining oʻz belgisi va shtandarti boʻladi
Maʼlumot oʻrnida, shtandart – maxsus turdagi bayroq. Xorijiy davlatlarda u prezidentlik belgisi (ramzi) hisoblanadi. U prezident ishtirok etadigan barcha muhim tadbirlarda, inauguratsiya (qasamyod qabul qilish) paytida hamda prezident qarorgohlarining binolari va xizmat xonalarida koʻtariladi.
Prezident belgisi – prezidentning farqlovchi rasmiy belgisi. Bu belgi prezidentlik lavozimiga saylangan shaxsni oʻz lavozimiga yuklatilgan ogʻir vazifalarni samarali amalga oshirishida xalq va jamiyat tomonidan bildirilgan ishonch belgisi sifatida xizmat qiladi. Prezident belgisi ushbu lavozimga saylangan shaxsga lavozimga kirishish chogʻida u qasamyod qabul qilganidan soʻng topshiriladi va konstitutsiyaviy vakolat muddati tugagunga qadar prezidentda saqlanadi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala