Iqtisod

Sotib olingan avtomobilni rasmiylashtirish uchun undiriladigan yigʻimlar bekor qilinadi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovAvtorыnok poderjannыx avtomobiley
Avtorыnok poderjannыx avtomobiley - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.10.2021
Oʻzbekistonda 2022 yildan ikkilamchi bozordan sotib olingan avtomobilni rasmiylashtirish xarajatlarini keskin kamaytirish va fuqarolarga yengillik yaratish koʻzda tutilmoqda.
TOSHKENT, 26 okt - Sputnik. Oʻzbekistonda Sotib olingan avtomobilni rasmiylashtirish uchun undiriladigan yigʻimlar bekor qilinadi.
Bu haqda deputat Doniyor Gʻaniyev maʼlum qildi.
Deputat bunga qadar ikkilamchi bozordan avtomobil xarid qilinganda uni boshqa shaxs nomiga oldi-sotdi shartnomasi orqali notarial rasmiylashtirish hamda DYHXX (GAI)da roʻyxatdan oʻtkazishda toʻlanadigan davlat boji va yigʻimlar miqdorining yuqoriligi haqida yozgan edi.
Gʻaniyev, ushbu davlat boji va yigʻimlar stavkalarini 2022 yil uchun davlat byudjetining parametrlarini shakllantirishda qayta koʻrib chiqishni soʻrab, Moliya vazirligiga deputatlik soʻrovi ham yuborgan edi.
Maʼlum boʻlishicha, bugun mazkur soʻrovga Moliya vazirligidan javob olgan.
Zapusk proizvodstva Chevrolet Lacettii avtokontsernom General Motors v Kaliningrade - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.10.2021
Iqtisod
“UzAuto Motors” avtomobillarni nima sababdan don omborida saqlamoqda
"Soʻrov javobida aytilishicha, soʻrovda koʻtarilgan muammolarni inobatga olganda holda, Moliya vazirligi tomonidan 2022 yil byudjet parametrlarini shakllantirishda avtotransport vositalarini sotib olganlik uchun undiriladigan yigʻimlarni bekor qilish koʻzda tutilmoqda. Bu esa sotib olingan avtotransport vositasini DYHXXda roʻyxatdan oʻtkazish uchun transport vositasining ot kuchi va ishlab chiqarilgan sanasidan kelib chiqqan holda fuqarodan undiriladigan bir necha million soʻmlik toʻlov bekor boʻlishini anglatadi", - deb yozadi deputat.
Bundan tashqari, javob xatida Moliya vazirligi va Adliya Vazirligi tomonidan avtomobil oldi-shartnomasini notarial rasmiylashtirish uchun belgilangan davlat boji miqdorlari ham qayta koʻrib chiqilganligi hamda ularni pasaytirish yuzasidan “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgrtirish kiritish yuzasidan qonun loyihasi ishlab chiqilayotganligi maʼlum qilingan.
Koʻrinib turibdiki, qonunchilikka yuqoridagi oʻzgarishlarni kiritish orqali 2022 yildan ikkilamchi bozordan sotib olingan avtomobilni rasmiylashtirish xarajatlarini keskin kamaytirish va fuqarolarga yengillik yaratish koʻzda tutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala