Jamiyat

Qaysi hududda gaz koʻproq oʻgʻirlanyapti

© Sputnik / Natalya SeliverstovaPreduprejdeniye ob opasnosti ryadom s truboy gazoprovoda na fasade zdaniya.
Preduprejdeniye ob opasnosti ryadom s truboy gazoprovoda na fasade zdaniya. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.10.2021
Oktyabrning 22 kuni davomida 4,2 mln kub metr tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlangan.
TOSHKENT, 26 okt – Sputnik. Gazdan noqonuniy foydalanish holatlarining eng koʻpi Namangan, Toshkent va Xorazm viloyatlariga toʻgʻri kelmoqda. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, joriy yil oktyabr oyining oʻtgan 22 kuni davomida mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda tadbirlar oʻtkazilgan. Unda ulgurji isteʼmolchilarning tabiiy gazdan foydalanish holatlari oʻrganilgan. Oʻrganishlar davomida respublika boʻyicha tabiiy gazdan 228 ta holatda noqonuniy foydalanib kelinayotgani aniqlangan.
© Sputnik / Natalya SeliverstovaPreduprejdeniye ob opasnosti ryadom s truboy gazoprovoda na fasade zdaniya.
Preduprejdeniye ob opasnosti ryadom s truboy gazoprovoda na fasade zdaniya. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.10.2021
Preduprejdeniye ob opasnosti ryadom s truboy gazoprovoda na fasade zdaniya.
Ushbu 22 kun ichida 4 million 278 ming kub metr tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlangan. Buning natijasida gaz taʼminoti tashkilotlari yetkazilgan zarar 3 millird 832 million 900 ming soʻmni tashkil qilgan.
“Ushbu noqonuniy foydalanish holatlarining eng koʻpi Namangan, Toshkent va Xorazm viloyatlariga toʻgʻri keladi”, - deyilgan xabarda.
Aniqlangan holatga huquqiy baho berish uchun rasmiylashtirilgan hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga yuborilgan.
Schetchik gaza - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.10.2021
Jamiyat
Oʻzbekistonda yil boshidan buyon 78 milliard soʻmlik gaz oʻgʻirlandi
Avvalroq “Hududgaztaʼminot” AJbugungi kunga kelib oʻzbekistonliklarning gazdan qarzi 500 mlrd soʻmdan oshganini maʼlum qilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala