Jamiyat

Rossiyadan Toshkentga yana 20 ta zamonaviy metro vagoni olib kelindi

© Press-slujba AO "Uzbekiston temir yullari"Tashkentskiy metropoliten polnostyu poluchil ot "Transmashxoldinga" 40 novыx vagonov
Tashkentskiy metropoliten polnostyu poluchil ot Transmashxoldinga 40 novыx vagonov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.10.2021
Toshkent metropoliteni uchun yangi ishlab chiqarilgan vagonlar oʻzgacha usulda boʻyalgan.
TOSHKENT, 26 okt – Sputnik. Toshkentga Rossiyaning 20 ta zamonaviy metro vagonlari olib kelindi. Bu haqda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” kompaniyasi xabar berdi.
Oʻzbekistonga yetkazib beriladigan 81−765/766/767 rusumli metropoyezdlari 2016 yildan buyon turli xil koʻrinishda ishlab chiqarilmoqda va ayni paytda ular Moskva, Qozon va Boku metropolitenlarida foydalanilmoqda.
Toshkent metropoliteni uchun yangi ishlab chiqarilgan ana shu turdagi vagonlar esa oʻziga xos usulda boʻyalgan. Vagonlarning yon tarafi va eshiklari oq rangda. Butun harakat tarkibi boʻylab gorizontal ravishda Oʻzbekiston milliy bayrogʻining ranglari mujassam etgan chiziq tortilgan.
Prezentatsiya novыx vagonov v metro Tashkenta - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.10.2021
Jamiyat
Toshkentda toʻliq avtomatlashtirilgan yangi metro poyezdlari qatnay boshladi
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” maʼlumotiga koʻra, mazkur metro vagonlari yangi texnik yechimlarga ega boʻlib, elektr energiyasini 35 foizgacha tejaydi, uchinchi avloddagi asinxron tortuvchi dvigatelining qoʻllanilishi ekspluatatsion xarajatlarni 40 foizgacha qisqartiradi
Metro poyezdlarini xarid qilish Rossiyaning "VEB.RF" davlat korporatsiyasi hamda uning tarkibidagi "Roseksimbank" guruhi tomonidan moliyalashtirilmoqda. 2021 yil oxiriga qadar yana 20 ta metro vagoni Toshkentga joʻnatilishi kutilmoqda.
“VEB.RF” va Toshkent metropoliteni oʻrtasida 40 ta vagonlarni yetkazib berishga oid kredit shartnomasi 2021 yilning aprelida imzolangan. Kredit liniyasi hajmi 30,4 mln yevroni tashkil etib, u 12 yil muddatga taqdim etilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala