Xitoyda bolalarni uch yoshdan boshlab emlash boshlandi

Obuna bo‘lish
Bungacha o‘n ikki yoshdan katta bolalargina koronavirusga qarshi emlanib kelayotgan edi
TOShKENT, 26 okt - Sputnik. Xitoyning beshta regionida bolalarni uch yoshdan boshlab koronavirusga qarshi emlash qarori qabul qilindi.
Xitoy hukumati vaksinatsiya jarayoni yaqin vatqlarda boshlanishi haqida ogohlantirmoqda, deb xabar bermoqda Apnews.com .
Xabarda aytilishicha, Xitoyda bolalar uch yoshdan boshlab bog‘chaga boradi. Pandemiya vaqtida esa infeksiyani yuqtirib olish xavfi tobora ortadi. Shu bois, bolalar bog‘chasiga boradiganlarni emlash qarori qabul qilingan.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda Xitoy aholisining 76%i vaksina olgan.
Mujchina vaksiniruyetsya protiv COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.10.2021
O‘zbekistonda 150 mingdan ortiq bola koronavirusga qarshi emlandi
Ammo hukumat koronavirusni to‘liq yengish uchun bu raqamlar yetarli emas, deya hisoblaydi.
Xitoy aholisi soni 1,4 milliar kishini tashkil etadi. Bugungi kunda 1,07 milliard kishi koroanvirusga qarshi emlangan.
Kelajakda uch yoshdan katta bolalar Xitoyda ishlab chiqarilgan Sinopharm va Sinovac vaksinasi bilan emlanishi belgilangan. Bu vaksinalar bilan yangi tug‘ilgan chaqaloqlar ham emlanishi ko‘zda tutilgan. Xitoy hukumatining fikricha, faqatgina qat’iy choralar orqaligina mintaqada koronavirus tarqalishining oldini olish mumkin.
Bundan tashqari, Xitoy mamlakatga kirib keladigan chet elliklar tufayli regionda koronavirusning "delta-shtammi" tarqalib ketishidan haqotirda. Shu munosabat bilan turistlar eng ko‘p keladigan hududlarning birida barcha turistik obyektlarni yopish qarori qabul qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0