Sport

Yaxshiboyevga imkon bermagan bosh murabbiyi isteʼfoga chiqarildi

Jasur Yaxshiboyev  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.10.2021
Yaxshiboyevga Polsha yashil maydonlarida umuman imkoniyat bermagan Cheslav Mixnevich “Legiya” futbol klubining bosh murabbiyligini tark edti, uning oʻrnida ishni Marek Golembevskiy davom ettiradi.
TOSHKENT, 26 okt – Sputnik. Cheslav Mixnevich Polshaning "Legiya" futbol klubi bosh murabbiyi lavozimini tark etdi. Bu haqda “Legiya” futbol klubining rasmiy saytida xabar berildi.
Maʼlum boʻlishicha, Mixnevich bilan birga uning yordamchisi Komil Potrikus ham jamoani tark etadi.
Polshaning amaldagi chempioni “Legiya” futbol klubi oʻzbekistonlik muxlislarga Yaxshiboyev orqali yaxshi tanish. Oʻtgan yili Yaxshiboyev Paxtakor FKga tegishli boʻla turib Belarusiyaning “Shaxtyor Soligorsk” klubida ijarada toʻp surgan, va mavsum yakuniga koʻra, toʻpurarlikni qoʻlga kiritgan. Bunday muvaffaqiyatlardan soʻng, Polshaning “Legiya” jamoasi bilan uch yillik bitim imzoladi. Transfermarket sayti mazkur transferni 300 ming yevro deb baholagan.
Jasur yangi jamoaga qoʻshilgan paytda Yaxshiboyev haqida Mixnevich oʻz fikrlarini bildirgan.

“Yaxshiboyevga katta umidlarni bogʻlamoqdaman. Men uni bir nechta pozitsiyalarda oʻynay oladigan futbolchi sifatida koʻrayapman”, – dedi u.

Bu soʻzlar hech qanday isbotini tompay, amalda unga umuman imkoniyat berilmagan. Polsha yashil maydonlarida bir necha daqiqa koʻrinish berdi xolos.
Djasurbek Yaxshiboyev vo vremya matcha mejdu FK Sherif i FK Madrid Real - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.09.2021
Sport
"Real Madrid" darvozasiga gol urgan Yaxshiboyev taassurotlari bilan oʻrtoqlashdi - video
Bundan soʻng, oʻyin amaliyotisiz qolayotgan Jasur Yaxshiboyev yozda jamoasini almashtirishga rozi boʻldi. Moldovaning "Sherif" klubiga ijara asosida "Legiya Varshava" klubidan kelib qoʻshildi.
“Legiya” futbol klubining raxbariyati mutaxassislarga 2020/2021 yilgi mavsumda Polsha chempionligini qoʻlga kiritgani va UYEFA Yevropa Ligasi 2021/22 guruh bosqichiga chiqqani uchun oʻz minnatdorchiligini bildirdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala