Migratsiya

Oʻzbekistonliklarni katta pulga chuv tushirgan firibgar Janubiy Koreyadan ekstraditsiya qilindi

© Pexels / KindelNaruchniki, illyustrativnoye foto
Naruchniki, illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.10.2021
Fuqarolardan biri chet davlatda ishlashni istaganlarni topib, bank orqali firibgar hisob raqamiga 507,7 mln soʻm oʻtkazib yuborgan.
TOSHKENT, 27 okt - Sputnik. Oʻzbekistonning qidiruvda boʻlgan fuqarosi YU.U. Seuldagi chegara nazorat punktidan oʻtayotgan vaqtda qoʻlga olindi.
YU.U. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik)ga asosan, katta miqdordagi firibgarlik jinoyatini sodir etgani uchun Interpol kanallari orqali qidiruvga berilgan.
Naruchniki - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.10.2021
Jamiyat
Interpol firibgarlikda ayblangan ikki Oʻzbekiston fuqarosini qoʻlga oldi
Maʼlum boʻlishicha, YU.U. Koreya hududida boʻla turib, Oʻzbekiston firmalari birining vakili boʻlgan Oʻzbekiston fuqarosi YU.I.ning ishonchiga kirib, Koreyada ishlash uchun odam topib berishini taklif qilgan.
YU.I. chet davlatda ishlashni istaganlarni topib, ular banklar orqali YU.U. hisob raqamiga 507,7 mln soʻm (54,6 ming AQSH dollari) oʻtkazib yuborgan.
Evaziga u Koreyada ishlash uchun taklifnoma joʻnatib turgan va nomaʼlum joyda yashirinib yurgan.
Hozirda uni Oʻzbekistonga ekstraditsiya qilish choralari koʻrilmoqda.
Avvalroq, Oʻzbekistonda firibgarlik qilgani uchun xalqaro qidiruvda boʻlgan ikki fuqaro Koreyada qoʻlga olinib, Oʻzbekistonga ekstraditsiya qilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala