Jamiyat

Oʻzbekistonda Rossiyaning yana ikkita universiteti filiali ochiladi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Fotobankka oʻtishStudentы Rossiyskogo gosudarstvennogo universiteta imeni A. N. Kosыgina
Studentы Rossiyskogo gosudarstvennogo universiteta imeni A. N. Kosыgina - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.10.2021
Hozirda Oʻzbekistonda Rossiya universitetlarining 15 ta filiali faoliyat koʻrsatmoqda
TOSHKENT, 31 okt — Sputnik. Oʻzbekistonda Rossiyaning yana ikkita universiteti filiali ochilishi kutilmoqda. Bu haqda Moskvada oʻtkazilgan Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasida iqtisodiy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yigʻilishida maʼlum qilindi.
Oʻzbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xabariga koʻra, yigʻilishda madaniy-gumanitar munosabatlarga, xususan, taʼlim sohasidagi hamkorlikka ham alohida eʼtibor qaratilgan.
“Yaqin kelajakda Rossiyaning yana ikkita universiteti — Kosigin nomidagi dizayn va texnologiya universiteti va Moskva davlat geodeziya va kartografiya universiteti filiallari ochilishi kutilmoqda”, - deyilgan xabarda.
Shu nuqtai nazardan yuqori malakali kadrlar tayyorlash, ilmiy-tadqiqot va taraqqiyot sohasidagi hamkorlik qilish hamda Taʼlim forumi, Media-forum, Rossiyada Oʻzbekiston madaniyati kunlari va boshqa qator qoʻshma tadbirlarni oʻtkazish masalalari koʻrib chiqilgan.
Otkrыtiye filiala RGPU im. Gertsena v Tashkente  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.09.2021
Jamiyat
Markaziy Osiyo uchun boʻlajak pedagogik xab: Toshkentda Gertsen universiteti filiali ish boshladi
Maʼlum qilinishicha, hozirda Oʻzbekistonda Rossiya universitetlarining 15 ta filiali faoliyat koʻrsatmoqda. Joriy yilning 1 oktyabr kuni Toshkentda VGIK (Gerasimov nomidagi Butunrossiya Davlat kinematografiya instituti) filiali ochilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala