Hodisalar

Oʻzbekiston chegarasida qariyb 156 kilo narkotik toʻxtatib qolindi

© Sputnik / Andrey Stenin / Fotobankka oʻtishIzʼyatыe v xode reydov narkotiki
Izʼyatыe v xode reydov narkotiki  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.11.2021
Postda uzum ortilgan yuk mashinasida berkitilgan jami 156 kiloga yaqin giyohvandlik vositalari aniqlandi.
TOSHKENT, 2 noya — Sputnik. Toshkent viloyatidagi “Oybek” chegara bojxona postida yirik miqdorda giyohvandlik vositalarining Oʻzbekistonga olib kirishga boʻlgan urinish fosh etildi. Bu haqda Davlat bojxona qoʻmitasi (DBQ) matbuot xizmati xabar berdi.
Postda “DAF” yuk avtomobili bojxona koʻrigidan oʻtkazilgan. Hujjatlarga koʻra, uzum ortilgan avtomashina respublika hududidan tranzit tarzida oʻtib, Rossiyaga yetib borishi lozim boʻlgan.
Zaderjaniye sborщikov konopli - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.10.2021
Jamiyat
Oʻzbekiston bojxonachilari katta partiyadagi afgʻon narkotiklari tranzitini oldini olishdi
Bojxonachilar avtomobilning yashirin boʻlmalarga berkitilgan yelim idishlarni aniqlashgan. Ularda 149,76 kilogramm gashish, 4,44 kilogramm opiy va 1,52 kilogramm geroin giyohvandlik vositalari boʻlgan.
Jami 156 kilogrammga yaqin giyohvandlik vositalari musodara qilingan.
Jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Surishtiruv ishlari davom etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala