Jamiyat

Oʻzbekiston bojxonachilari katta partiyadagi afgʻon narkotiklari tranzitini oldini olishdi

© Sputnik / Sergey Titov / Fotobankka oʻtishZaderjaniye sborщikov konopli
Zaderjaniye sborщikov konopli - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.10.2021
Oʻzbekistonda yil boshidan 306 kg narkotiklarning noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyilgan, deb xabar bermoqda davlat bojxona qoʻmitasi
TOSHKENT, 7 okt - Sputnik. Oʻzbekiston bojxonachilari katta partiyadagi afgʻon narkotiklari tranzitini oldini olishdi. Bu haqda Davlat bojxona qoʻmitasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Soʻnggi tahliliy maʼlumotlarga koʻra, MDHga aʼzo davlatlari chegaralari orqali tovar va transport vositalari harakati yildan yilga sezilarli ravishda ortib bormoqda. Shu barobarda noqonuniy tovar-moddiy boyliklarning oqimi hamda kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishi holatlari xavfi ham saqlanib qolmoqda.
"Ushbu jarayonga Afgʻonistondagi mavjud vaziyat ham oʻzining salbiy taʼsirini koʻrsatmoqda. Xususan, joriy yilda Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari tomonidan tomonidan katta partiyada afgʻon narkotiklarining tranzit olib oʻtilishi oldi olindi. Shuningdek, sunʼiy giyohvandlik vositalarini ishlab chiqarayotgan narkolaboratoriyalar faoliyati ham fosh etildi. Bir soʻz bilan aytganda, yil boshidan buyon Oʻzbekistonda bojxonachilar salkam 306 kg. giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyishdi", - deyiladi xabarda.
Boyeviki dvijeniya Taliban* (terroristicheskaya organizatsiya zapreщennaya v RF) vo vremya patrulirovaniya v Kabule - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.09.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Narkotiklar, soliqlar va sirli homiylar. Toliblar milliardlarni qayerdan oladi
Bundan tashqari, pandemiya davrida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va kuchli taʼsir qiluvchi dorilarning internet orqali savdosi ham kuchayib, ularning pochta joʻnatmalari orqali kirib kelish holatlari ham kuzatilayotgani taʼkidlandi.
Eslatib oʻtamiz, 2021 yil 3-8 oktyabr kunlari Toshkent shahri MDHga aʼzo davlatlar bojxona xizmatlari rahbarlari Kengashi huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalar rahbarlari Qoʻmitasining navbatdagi majlisi va uning doirasidagi qator ishchi uchrashuvlariga mezbonlik qildi. 2021 yil 7 oktyabr kuni esa Toshkentda asosiy tadbir - MDHga aʼzo davlatlar bojxona xizmatlari rahbarlari Kengashi huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalar rahbarlari Qoʻmitasining 21-majlisi boshlandi.
Mintaqada bojxona sohasidagi hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan mazkur muhim tadbir aslida 2020 yilda - Oʻzbekistonning MDHga raisligi davriga moʻljallangan boʻlib, pandemiya sababli ortga surilgan edi.
Naruchniki visyat na dvernoy ruchke - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.08.2021
Hodisalar
Oʻtgan yili Oʻzbekistonda 55 nafar chet el fuqarolari giyohvand moddalari bilan ushlangan
Majlisda Oʻzbekiston, Armaniston, Belarus, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Rossiya, Tojikiston bojxona xizmatlarining huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalarining 30 nafardan ziyod rahbar va masʼul xodimlari ishtirok etmoqdalar.
Qoʻmita yigʻilishida iqtisodiy jinoyatlar, giyohvand va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurash, bojxona surishtiruvi va kinologiya sohasida hamkorlik, bojxona xizmatlarining huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalari xodimlari malakasini oshirish, Jahon bojxona tashkilotining huquqni muhofaza qilish borasidagi mintaqaviy aloqa tarmogʻi – "Rilo-Moskva" doirasida axborotlar almashinuviga doir 15 dan ortiq masalalar koʻrib chiqilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala