Iqtisod

Oʻzbekistonda 60 dan ortiq bozor sotilishi mumkin

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovChorsu - samыy starыy bazar v starom Tashkente
Chorsu - samыy starыy bazar v starom Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.11.2021
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi 60 dan ortiq bozor va savdo majmualarida davlat ulushlarini sotishga hukumat qarori loyihasini muhokamaga qoʻydi.
TOSHKENT, 2 noya — Sputnik. Oʻzbekistondagi 60 dan ortiq bozor va savdo komplekslari xususiylashtirilishi mumkin. Bu Davlat aktivlarini boshqarish agentligi jamoatchilik muhokamasiga qoʻygan qonun loyihasida koʻzda tutilgan.
Hujjatda bozorlar va savdo markazlarining ustav kapitalidagi davlat ulushi va aktsiya paketlarini bosqichma-bosqich sotish nazarda tutilgan.
Bundan tashqari, ustav kapitalidagi davlat aktsiya paketlari birinchi bosqichda eksperiment tariqasida zamonaviy koʻrinishga keltirish, jumladan, ular negizida "hammasi bir joyda" tamoyili asosida savdo majmualarini tashkil etish sharti bilan belgilangan tartibda sotiladigan bozor va savdo komplekslari roʻyxatini tasdiqlash rejalashtirilgan.
Shuningdek, hujjat bilan 12 ta bozor va majmualarni yopish taklif etilgan.
Bundan tashqari, loyihaga koʻra, bozorlar faoliyati va mulkiy masalalar bilan bogʻliq muammolarni oʻrganish va hal etish boʻyicha hududiy komissiyalar tuzilishi kutilmoqda. Ularga hokimlar boshchilik qiladi.
Tadqiqot natijalari asosida ular aniqlangan muammolarni hal qilish boʻyicha yoʻl xaritalarini tayyorlaydi. Jumladan, komissiyalar bozorlarni modernizatsiya qilish, infratuzilmani yaratish, xizmatlarni raqamlashtirish, dehqonlar, fermer xoʻjaliklari va tadbirkorlar uchun shart-sharoit yaratish boʻyicha talablarni, bozorlar va majmualarni xususiylashtirish shartlari, muddatlari va usullarini ishlab chiqadi.
Ekonomicheskiy forum v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.09.2021
Oʻzbekiston iqtisodiy forumi - 2021
Xususiylashtirish toʻgʻrisidagi qonun yil oxiriga qadar Parlamentga kiritiladi - Ortiqov
Xususiylashtirishga qadar tayyorgarlik koʻrish va bozorlarni sotuvga qoʻyish uchun Bozorlar va savdo majmualarini boshqarish ofisi tashkil etiladi. Zarur boʻlganda, konsalting va auditorlik kompaniyalari bozorlarni baholashga jalb qilinadi.
Loyihada xususiylashtirish rejalashtirilgan bozorlar va savdo markazlari roʻyxati keltirilgan. Roʻyxatga 61 ta obʼyekt kiritilgan boʻlib, ulardan 20 tasi Toshkent shahrida joylashgan. Bular orasida Toshkent shahrida joylashgan Mirobod dehqon bozori, Farhod dehqon bozori, Oʻrikzor savdo komleksi, Oloy dehqon bozorlari mavjud.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala