Iqtisod

Paxta teruvchilarga har bir kilogramm uchun qoʻshimcha haq toʻlanadi

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Fotobankka oʻtishSborщitsa xlopka
Sborщitsa xlopka  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.11.2021
Hukumat qarori bilan hududlarda qoʻlda terilgan har bir kilogramm paxta uchun ustama toʻlanadi.
TOSHKENT, 3 noya — Sputnik. Oʻzbekistonning ayrim hududlarda paxta teruvchilarga har bir kilogramm uchun qoʻshimcha haq toʻlanadi.
Hukumatning “2021 yil paxta hosilini yigʻib-terib olish ishlarini moliyalashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq paxta xom ashyosining har bir kilosi 230 soʻmdan ustama haq toʻlanadi.

Qaysi hududlarda qoʻlda terilgan har bir kilogramm paxta uchun ustama toʻlanadi:

Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida;
Qoraqalpogʻiston Respublikasining barcha tumanlarida;
Qashqadaryo viloyatining Koson, Muborak, Mirishkor, Nishon, Kasbi, Qarshi tumanlarida;
Surxondaryo viloyatining Qiziriq, Bandixon, Muzrabot va Sherobod tumanlarida.
Oʻzbekistonda 2021 yilgi paxta yigʻim-terimi mavsumida qoʻlda terilgan 1 kilogramm paxta uchun birinchi terimda 1200 soʻmdan, ikkinchi terimda 1500 soʻmdan kam boʻlmagan miqdorda mehnat haqi toʻlash belgilangan edi.
Intervyu s Leonidom Xolodom o xlopkovoy otrasli Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.10.2021
Kolumnistlar
Ekspert Oʻzbekistonning paxta strategiyasiga baho berdi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala