Dunyoda

Dunyoda birinchi davlat bolalarni koronavirusga qarshi emlashni majburiy etib belgiladi

© Sputnik / Aleksandr Kryajev / Fotobankka oʻtishShprits
Shprits - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.11.2021
Kosta-Rika 5 yoshdan 11 yoshgacha boʻlgan bolalarni majburiy emlashni 2022 yil mart oyida boshlashni rejalashtirgan.
TOSHKENT, 7 noya — Sputnik. Kosta-Rika 5 yoshdan 11 yoshgacha boʻlgan bolalarni koronavirusga qarshi emlashni majburiy qilgan dunyoda birinchi mamlakat boʻldi, deb yozadi RIA Novosti.
“Bolalar va oʻsmirlarning manfaatlarini taʼminlash tamoyiliga muvofiq <...> Emlash va epidemiologiya boʻyicha Milliy komissiya barcha voyaga yetmaganlar uchun koronavirusga qarshi emlash majburiy boʻlishi toʻgʻrisida qaror qabul qildi”, - deyilgan mamlakat SSV bayonotida.
Kosta-Rika 5 yoshdan 11 yoshgacha boʻlgan bolalarni emlashni 2022 yil mart oyida boshlashni rejalashtirgan. Mamlakat SSV maʼlumotlariga koʻra, 12-19 yoshdagi oʻsmirlarning 73 foizi allaqachon kamida bitta doza bilan emlangan. Hukumat bolalarni emlash uchun Pfizer vaktsinasining toʻrt millioncha dozasini xarid qiladi.

Uzbekskiye epidemiologi Dilmurod Sabirovich Mirzabayev i Marufjon Madaminov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.11.2021
Analitika
COVID-19ni yengishda oʻzbekcha kurash sirlari – epidemiologlar bilan eksklyuziv intervyu
Rossiyada ham 12-17 yoshdagi oʻsmirlar uchun “Sputnik V” vaktsinasining tadqiqotlari oʻtkazilmoqda. Tadqiqotlar bu vaktsina bilan ikki marta emlanish yaxshi hujayra immunitetini shakllantirishga qodirligini koʻrsatgan. Preparat oʻzining xavfsizligini koʻrsatgan.
Oʻzbekistonda 4 noyabr holatiga koʻra, 254 017 nafar 12 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan bolalar Pfizer vaktsinasi bilan ixtiyoriy ravishda emlangan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala