Jamiyat

Oʻzbekistonda necha kishi “Sputnik V” bilan emlandi?

© Sputnik / Maksim BogodvidVaktsina Sputnik V
Vaktsina Sputnik V - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.11.2021
Rossiyaning koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaktsinasi Oʻzbekistonga emlash jarayonlari boshlangan ilk oylarda keltirilgan.
TOSHKENT, 7 noya — Sputnik. Oʻzbekistonda koronavirusga qarshi emlash boshlanganidan beri 274 ming nafardan ortiq aholi “Sputnik V” vaktsinasi bilan turli bosqichlarda emlandi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Rossiyaning koronavirusga qarshi ikki komponentli “Sputnik V” vaktsinasi ham Oʻzbekistonga emlash jarayonlari boshlangan ilk oylarda keltirilgan. Bugunga kelib uning 498 406 dozasidan emlash jarayonlarida foydalanilgan. Shundan 274 821 dozasi 1-bosqichda, 223 585 dozasi 2-bosqichda qoʻllanilgan.
Emlanishi koʻzda tutilgan aholi qatlamlari orasida 65 yoshdan oshgan fuqarolar — 138 651 doza, tibbiyot xodimlari — 86 763 doza, maktab oʻqituvchilari — 891 doza, maktabga taʼlim muassalari xodimlari — 188 doza, surunkali kasalligi bor fuqarolar — 146 494 doza bu vaktsina bilan emlangan. Vaktsinaning qolgan qismi boshqa aholi qatlamlarida qoʻllangan.

Uzbekskiye epidemiologi Dilmurod Sabirovich Mirzabayev i Marufjon Madaminov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.11.2021
Analitika
COVID-19ni yengishda oʻzbekcha kurash sirlari – epidemiologlar bilan eksklyuziv intervyu
Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, mamlakatda emlash jarayonlarida 27,8 million dozadan ortiq vaktsina qoʻllanilgan. Aholining 67,4 foizi vaktsinaning birinchi dozasini olib ulgurgan.
Avvalroq Oʻzbekiston aholini emlash uchun bir komponentli “Sputnik Layt” vaktsinasidan foydalanishga tayyorligini bildirgani xabar qilingan edi.
Proizvodstvo vaktsinы v Uzbekistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.10.2021
Foto
Oʻzbekistonda “Sputnik V” qanday ishlab chiqarilmoqda
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala