O‘zbekiston benzinni asosan kimdan xarid qilyapti?

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishRabota AZS v Moskve
Rabota AZS v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.11.2021
Obuna bo‘lish
Avtomobil benzini importi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 137 mln litrga oshgan.
TOShKENT, 8 noya – Sputnik. 2021 yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston 289 mln litr avtomobil benzini import qilgan. Bundan Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari darak bermoqda.
To‘qqiz oy davomida import qilingan benzinning qiymati 104 mln dollarga teng bo‘lgan. Avtomobil benzini importi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 137 mln litrga oshgan.
O‘zbekistonga avtomobil benzinini asosan Rossiyadan (140,5 mln litr). Turkmanistondan (126,8 mln litr), Qozog‘istondan (16 mln litr), Iroq davlatlaridan (3,6 mln litr) import qilingan.
Mamlakatda 2021-yilning yanvar-sentabr oylarida 815,2 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqilgan.
Avvalroq O‘zbekiston benzin importini 3,2 baravarga oshirgani xabar qilingan edi.
Toplivorazdatochnaya kolonka na avtozapravochnoy stansii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.10.2021
O‘zbekiston va YeOII
“Gazni bosish vaqti”: O‘zbekistonda benzinga muqobil yoqilg‘i bormi?
Yangiliklar lentasi
0