Iqtisod

“Gazni bosish vaqti”: Oʻzbekistonda benzinga muqobil yoqilgʻi bormi?

© Sputnik / Igor Zarembo / Fotobankka oʻtishToplivorazdatochnaya kolonka na avtozapravochnoy stantsii
Toplivorazdatochnaya kolonka na avtozapravochnoy stantsii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.10.2021
Eksklyuziv
Oʻzbekiston 2021 yil yanvar-avgust oylarida 100 million dollarga teng boʻlgan benzin import qildi, bu oʻtgan yilga nisbatan uch barobar koʻp.
Shu bilan birga mamlakat ommaviy ravishda gazga oʻtmoqda va elektromobillarning ishga tushirilishini kutmoqda. Endi nima boʻladi va ertaga qaysi yoqilgʻidan foydalaniladi?
Avtozapravochnaya stantsiya v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.10.2021
Jamiyat
Oʻzbekistonda benzin qimmatlashdimi? Deputat Kusherbayev narxlarni oʻrganib chiqdi
Respublikada motor yoqilgʻisi sifatida gazdan boshqa qanday muqobil variantlar bormi, Oʻzbekistonda neftni qayta ishlash zavodlarini qurish kerakmi yoki YEOIIga aʼzo boʻlib, Rossiya va Qozogʻiston arzon xomashyosidan foydalanish osonroqmi? Sputnik muxbiri Mustaqil yoqilgʻi ittifoqi vitse-prezidenti Dmitriy Gusev bilan bular haqida suhbatlashdi.

Oʻzbekiston benzin bilan oʻzoqqa boradimi?

Dmitriy Gusevning fikricha, yangi neftni qayta ishlash zavodlari qurilishi mantiqqa toʻgʻri kelmaydi. Yoqilgʻi quyish shoxobchalari sonini ham, gaz bilan ishlaydigan transport vositalarini ham koʻpaytirish orqali mamlakatning ichki bozorini optimallashtirish yanada istiqbolli.
Bundan tashqari, elektr energiyasi hajmini va arzon, texnologik jihatdan rivojlangan va ekologik toza boʻlgan elektrotransportlarning sonini oshirish muhim. Dmitriy Gusevga koʻra, trolleybuslar koʻp davlatlarda 80 yildan oshiq muvaffaqiyatli faoliyat koʻrsatib kelmoqda va oʻzlarini juda samarali koʻrsatdi. Ularning oʻrnini elektrobuslar egallamoqda, lekin ularning foydalanishda oʻziga xos qiyinchiliklari bor. Agar shaharda elektromobillar soni koʻpaytirilsa, tarmoqlarga tushadigan yuk ortadi va MDH koʻplab davlatlarida ular sovet davridan beri yangilanmagan - buning uchun pul kerak boʻladi. Quyoshli Oʻzbekiston iqlimini hisobga olgan holda kelajak - yangi texnologiyalarda. Biroq, yaqin kelajakda transport sohasida texnologik inqiloblar kutmaslik kerak.
Zapravochnaya kolonka - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.10.2021
Iqtisod
Bozor tamoyillariga oʻtish – benzin taqchilligi muammosini hal qildi – vazirlik
"Nafaqat barqaror rivojlanish tamoyilidan, balki iqtisodiy samaradorlikdan ham foydalanish muhim. Ammo haqiqat shuni koʻrsatadiki, gaz, benzin va dizel yoqilgʻisidan foydalanish kerak", - deb tushuntirdi ekspert.
Gusevning soʻzlariga koʻra, agar jamoat transporti tarmogʻini faol rivojlantirsa, odamlar avtobus, elektrobus, poyezd, metro yordamida bir nuqtadan ikkinchisiga oʻtishsa, samaradorlik sezilarli darajada oshirib, umumiy yoqilgʻi sarfini kamaytirish mumkin.

YEOII Oʻzbekistondagi benzin masalasini hal qiladimi?

Respublika benzinni asosan Rossiya, Turkmaniston va Qozogʻistondan import qiladi. Gusevning fikriga qaraganda, respublikaning YEOIIga aʼzo boʻlishi unga benzin sotib olish narxlarining oʻzgarishiga bevosita taʼsir qilmaydi.
Ekspertning aytishicha, Oʻzbekistonda yoqilgʻi sotib olish boʻyicha hech qanday muammosi yoʻq. Barcha postsovet davlatlarining muammosi yagona - ular mamlakat ichidagi bozor va chakana narxlar oʻrtasidagi farqni qoplaydigan yoqilgʻi narxini subsidiyalashga toʻgʻri keladi.
Benzin - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.10.2021
Iqtisod
Oʻzbekiston benzin importini 3,2 baravarga oshirdi
"Hamma narsa respublika ichki benzin narxini ushlab turishga qanchalik tayyorligi va shu orqali ichki iqtisodiyotni subsidiyalashiga bogʻliq", - deb tushuntiradi ekspert.

Oʻzbekiston uchun yoqilgʻi retsepti

Dmitriy Gusev respublikaga avtomobil egalarini qoʻllab-quvvatlashda differentsial yondashuv - maqsadli subsidiyalar boʻyicha Rossiya tajribasidan foydalanishni taklif qildi.
Toplivnыe rezervuarы kompanii Colonial Pipeline v aeroportu goroda Sharlott, SSHA benzin kompaniyasi
 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.05.2021
Kolumnistlar
Amerikaliklarning benzinga puli yetmayapti: aybdor ruslar
"Agar sizda mercedes boʻlsa, unda siz benzinni litrini 1,50 dollarga sotib olasiz. Agar kichik mashinada kam daromadli boʻlsangiz, xuddi shu narxda yonilgʻi quyyasiz, lekin narxning yarmi sizga keshbek boʻlib qaytadi", - tushuntirdi ekspert.
Uning soʻzlariga koʻra, bugungi kunda maqsadli subsidiyalar tizimi - bu davlat qoʻllab-quvvatlashiga chindan ham muhtoj boʻlgan isteʼmolchilarni ajratish va shu orqali bozorlarni barqaror rivojlanish va energiya samaradorligi darajasiga olib chiqish imkonini beradigan optimal choradir.
Toʻliq intervyuni videomizda tomosha qiling.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala