Jamiyat

Energetika vazirligi ayrim joylarda nega svet oʻchayotganiga izoh berdi

© AFP / ANNE-CHRISTINE POUJOULATElektricheskiy schetchik
Elektricheskiy schetchik  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.11.2021
Oʻzbekiston GESlarida elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi kamaygan.
TOSHKENT, 9 noya – Sputnik. Joriy yilda suv tanqisligi tufayli Oʻzbekiston gidroelektr stantsiyalarida elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi qariyb 23 foizga kamaydi. Bu esa isteʼmolchilarni elektr energiyasi bilan taʼminlashga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda.
“GESlarda suv hajmining kamligi sababli elektr energiyasi ishlab chiqarish koʻrsatkichlari kamayishi kuzatilmoqda va buning natijasida ayrim hududlarda elektr energiyasi taʼminotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilmoqda”, - deya yozadi Energetika vazirligi.
Taʼkidlanishicha, bu gidroelektr stantsiyalarida elektr energiyasi ishlab chiqarishning qisqarishi bilan bogʻliq. Ehtiyojni toʻliq qoplash uchun zarur miqdorda elektr energiyasi yetishmasligi yuzaga kelgan.
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.08.2021
Iqtisod
Prezident: odamlar svet, ayniqsa gaz boʻyicha bizdan juda norozi
2019 yilda GESlarda ishlab chiqarish 6,5 milliard kilovatt-soatni tashkil etgan boʻlsa, joriy yilda bu koʻrsatkich oʻtgan yilgi koʻrsatkich kabi 5 milliard kilovatt-soatga yoki 1,5 milliard kilovatt-soatga kam (23 foiz)ni tashkil etmoqda.
Mazkur 1 mlrd 200 mln kVt soat elektr energiya bilan respublika aholi isteʼmolchilarini bir oy mobaynida uzluksiz elektr energiyasi bilan taʼminlash mumkin.
Vazirlik joriy yilda suv omborlarida belgilangan suv zaxiralari toʻplanmagani nafaqat Oʻzbekiston, balki qoʻshni respublikalarda ham kuzatilayotganiga eʼtibor qaratgan.
“Shunga qaramasdan, mamlakatimizda mavjud barcha imkoniyatlardan foydalangan holda elektr stantsiyalar orqali rejada koʻrsatilgan hajmlarda elektr energiyasi ishlab chiqarish choralari koʻrilmoqda”, - deyiladi xabarda.
Obmelevshiy bereg Toktogulskogo vodoxraniliщa v Djalal-Abadskoy oblasti. Arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.11.2021
Dunyoda
Qirgʻiziston qoʻshnilarini kutilayotgan suv tanqisligidan ogohlantirdi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala