Jamiyat

Oʻzbekistonda sinov tariqasida aholini roʻyxatga olish boshlandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPrazdnovaniye Navruza v Tashkente
Prazdnovaniye Navruza v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.11.2021
Roʻyxatga oluvchilar 4 ta hududning onlayn roʻyxatdan oʻtmagan aholisi uyma-uy yurib roʻyxatga oladi.
TOSHKENT, 11 noya – Sputnik. 2021 yil 11 noyabrdan qator hududlarda uyma-uy yurib, sinov tariqasida aholini roʻyxatga olish jarayonlari boshlandi. Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasi xabar bermoqda.
Roʻyxatga olish Xoʻjaobod tumani (Andijon), Yuqori Chirchiq tumani (Toshket v.), Xiva shahri (Xorazm) va Yashnobod tumanida (Toshkent sh.) oʻtkazilmoqda.
Mazkur 4 ta hududning onlayn roʻyxatdan oʻtmagan aholisi 11-25 noyabr kunlari roʻyxatga oluvchilar tomonidan uyma-uy yurib, qogʻoz va planshet orqali savolnomalar toʻldirib boriladi.
Taʼkidlanishicha, bu sinov jarayonlari respublikada 2023 yilda oʻtkaziladigan aholini roʻyxatga olishning asosiy tadbiriga puxta tayyorgarlik koʻrish maqsadida oʻtkazilmoqda.
Deti yedyat morojenoye pod dojdem na prazdnike v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.11.2020
Jamiyat
Aholini roʻyxatga olish 2023 yilga qoldirildi
Avvalroq Oʻzbekistonda 1–5 noyabr kunlari sinov tariqasida aholini onlayn roʻyxatga olish oʻtkazilgandi. Onlayn tadbirda "Census.stat.uz" havolasi orqali Oʻzbekistondagi va xorijdagi barcha fuqarolar ixtiyoriy qatnashishi mumkin edi.
2021 yilning 1 oktyabr holatiga koʻra, Oʻzbekiston doimiy aholisi soni 35 million 79 ming 200 kishini tashkil etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala