Hodisalar

Toshkentdagi klinika mansabdorlari qariyb 600 mln soʻmni oʻmarishgani aniqlandi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaStroitelstvo spetsializirovannoy mnogoprofilnoy bolnitsы v Zangiatinskom rayone Tashkentskoy oblasti
Stroitelstvo spetsializirovannoy mnogoprofilnoy bolnitsы v Zangiatinskom rayone Tashkentskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.11.2021
Klinika faoliyatida jami 9 mlrd 747 mln 598 ming soʻmlik moliyaviy xato va kamchiliklar aniqlangan
TOSHKENT, 11 noya – Sputnik. SSV tizimidagi Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi koʻp tarmoqli klinikasida 600 million soʻmga yaqin pul talon-toroj qilingani fosh etildi. Bu haqda Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, oʻrganishlarda klinika mansabdor shaxslari va xodimlari byudjet mablagʻlarini maqsadsiz sarf qilib, talon-taroj qilishgani aniqlangan. Aslida ishlamagan xodimlarga maosh toʻlangan. Tibbiyot texnikalaridan foydalanish, pullik tibbiy xizmat koʻrsatishdan tushgan mablagʻlar maqsadsiz sarflangan. Davlat xaridlarini amalga oshirishda bir qator qonunbuzilishiga yoʻl qoʻyilgan.
Oʻrganish yakunida klinika faoliyatida jami 9 mlrd 747 mln 598 ming soʻmlik moliyaviy xato va kamchiliklar aniqlangan. Shundan 586 million 798 ming soʻmlik byudjet mablagʻlari rastrata qilish yoʻli bilan talon-toroj qilingan.
Koʻp tarmoqli klinika mansabdorlariga nisbatan JKning oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Prokuratura organlari dastlabki tergov harakatlarini olib borishmoqda.
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.10.2021
Iqtisod
Yil davomida vazirliklarning byudjet pullarini oʻmarishlari 3 barobar koʻpaygan
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala