Jamiyat

Piyoda yurish foydalari

Piyoda yurishning salomatlik uchun qanday foydali tomonolari bor?
Piyoda yurish — salomatlik uchun koni foyda boʻlsa-da, aksariyat insonlar bu mashgʻulot bilan shugʻullanishga erinadilar. Buning oʻrniga avtomobil, lift va eskalator kabi tayyor “dastyor”lardan foydalanishni afzal koʻradi. Ilmiy tadqiqotlar aynan piyoda yurish umrni uzaytiruvchi mashgʻulotekanini koʻrsatgan.
Yevropaning rivojlangan mamlakatlarida oʻtkazilgan ilmiy tadqiqot natijalariga koʻra, 40-65 yoshli insonlarning kun davomida 3-4 soat piyoda yurishi yurak ishemik kasalligi rivojlanish xavfini 30-45 foizgacha kamaytirar ekan.
Eʼtiborlisi, tadqiqotda ishtirok etgan piyoda yurish bilan shugʻullanuvchi insonlarning yarmidan koʻpi oʻzida hech qanday noxushlik sezmagan va doim faol holatda boʻlgan. Passiv hayot kechiruvchi va kamharakat insonlarda esa yurak-qon tomir kasalliklari nisbatan koʻp uchrashi aniqlangan.
Aziz Abduxakimov lichno protestiroval velodorojki Tashkenta - foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.12.2020
Jamiyat
Rahbarlar ishga bir marta piyoda kelib ketadi - yangi qonun
Ushbu tadqiqotlarda yurak-qon tomir kasalliklaridan jabrlanganlar istisno qilingan, biroq bunday xastalikka chalinganlar orasida ham kuzatuvlar oʻtkazilgan.
Jumladan, olimlar 8 ming 946 nafar bemor bilan bogʻliq 48 ta ilmiy ishni koʻrib chiqqach, haftasiga 3 marta 30 daqiqa davomida bajarilgan meʼyoriy jismoniy harakat (piyoda yurish yoki velotrenajyorda shugʻullanish) yurak-qon tomir kasalliklari natijasida kelib chiqadigan oʻlim xavfini 26 foizga, boshqa barcha xastaliklar oqibatidagi oʻlim holatlarini 20 foizga kamaytiradi, degan xulosaga kelgan.
Muntazam piyoda yurish — qon bosimini meʼyorlashtiradi, kayfiyatni va organizmning umumiy holatini yaxshilaydi, qonda xolesterin miqdorini meʼyorlashtirib, ateroskleroz rivojlanish xavfining oldini oladi, — deydi Oʻzbekiston SSV huzuridagi Aholining sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazi direktori Barno Odilova. — Shu bois doimiy piyoda yurish bilan mashgʻul inson infarkt va insult kabi hayot uchun xavfli kasalliklardan uzoq boʻladi.
Qolaversa, organizmning umumiy chidamliligini va yurak-qon tomir, nafas aʼzolari imkoniyatlarini oshirishda piyoda yurish sport zalidagi mashgʻulotlardan anchagina samaralidir. Yurish vaqtida tana harakatlari va mushaklar qisqarishi barcha aʼzo va toʻqimalarda, qorin boʻshligʻi, kichik chanoq aʼzolarida qon aylanishini kuchaytiradi hamda qon tarkibida kislorod, ozuqa moddalari miqdorini oshiradi.
Zabeg po chaynыm plantatsiyam v Sochi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.06.2020
Jamiyat
Britaniyalik olimlar uzoq umr koʻrish sirini ochib berishdi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala