Jamiyat

Oʻzbekistonlik sartarosh Shuhrat Ismatillayev Ginnesc rekordini oʻrnatdi - video

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovParikmaxer iz Uzbekistana Shuxrat Ismatillayev ustanovil rekord Ginnessa
Parikmaxer iz Uzbekistana Shuxrat Ismatillayev ustanovil rekord Ginnessa - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.11.2021
Oʻzbekistonlik sartarosh Shuhrat Ismatillayev rejani ortigʻi bilan bajarib, 10 soatda 110 kishining sochini oldi.
TOSHKENT, 13 noya — Sputnik. Oʻzbekistonlik sartarosh Shuhrat Ismatillayev rejani ortigʻi bilan bajarib, 10 soatda 110 kishining sochini oldi, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.
Har bir soch turmagi - oʻziga xos uslubda bajarildi. Usta oʻz ishini tanaffussiz va tushliksiz amalga oshirdi.
Tadbir Oʻzbekiston Turizm va sport vazirligi koʻmagida bugun, 13 noyabr kuni Toshkent shahrida boʻlib oʻtdi. Oʻzbekiston sartaroshlar uyushmasi hakamlar hayʼati jarayonni kuzatib bordi.
Parikmaxer Shuxrat Ismatillayev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.11.2021
Jamiyat
Mashhur oʻzbekistonlik sartarosh Ginnesc rekordini oʻrnatmoqchi - video
Shuhrat Ismatillayev 28 yoshda. Professional doiralarda u sartaroshlik boʻyicha xalqaro chempionatlarning gʻolibi sifatida tanilgan.
Usta ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirgan videolari tufayli shuhrat qozondi. Ularda Ismatillayev odamlarni noodatiy joylarda – masalan, Namangan shahrida koʻchada soch oladi.
Sputnik Oʻzbekiston muxbiri bilan suhbatda Shuhrat Ismatillayev oʻz faoliyatini Yangiyoʻl tumanidagi goʻzallik salonlaridan birida boshlaganini aytdi. Bir yil oʻtgach esa u kasb mahoratini oshirish uchun Sankt-Peterburgga boradi. Ismatillayev 2018 yilning oxirigacha Rossiyada yashab, mehnat qildi.
Rossiyalik ustalaridan dars olib, u oʻzining birinchi xalqaro gʻalabalarini qoʻlga kirita boshladi. Hozir Shuhrat oʻzi shogirt tayyorlamoqda.
"Men bu haqda uzoq oʻyladim va Ginnesc rekordini oʻrnatishga qaror qildim - oʻn soat ichida 100 kishini sochini olish. Men yaqinlarim, vatanim men bilan faxrlanishini xohlayman", - dedi u.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala