Jamiyat

Kun davomida qancha masofa piyoda yurish kerak

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Fotobankka oʻtishPolumarafon-2018
Polumarafon-2018 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.11.2021
Mutaxassis piyoda yurishni qachondan boshlagan maʼqul, yurish vaqti va masofasi qay tartibda oshirib boriladi degan savollarga javob berdi.
TOSHKENT, 14 noya — Sputnik. SSV huzuridagi Aholining sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazi direktori Barno Odilova javob qancha masofa piyoda yurish salomatlik uchun foydali, piyoda yurishni qachondan boshlagan maʼqul degan savollarga javob berdi.
— Kun davomida qancha masofa piyoda yurish salomatlik uchun foydali?
— Hammasi individual. Eng avvalo, inson oʻz holatiga qarashi lozim. Qancha piyoda yurgisi kelsa, shuncha yurishi va masofani har kuni oʻrtacha 100 qadamdan oshirib borishi zarur. Shunchaki yurmay, yoʻl-yoʻlakay shaxsiy ishlarni bitirish, yaqinlar, doʻstlarni yoʻqlash mumkin. Qolaversa, bu mashgʻulotga farzandlar, nabiralarni ham chorlash kerak. Eng muhimi, bu jarayondan rohat olish, piyoda yurishni organizmni qiynovchi mashgʻulot sifatida qabul qilmaslik lozim.
— Piyoda yurishni qachondan boshlagan maʼqul?
— Bu mashgʻulotni bugunoq boshlash kerak. Eng asosiysi, yurishni har qanday ob-havo sharoitida bajarish mumkin, faqat mavsumbop kiyim boʻlsa, bas. Mashgʻulotni ovqatdan 1 soat oldin yoki ovqatlangandan 1,5-2 soat keyin boshlash lozim.
Yurish vaqti uxlashdan 2 soat oldin tugagani maʼqul. 35 yoshdan yuqori va hech qachon sport bilan shugʻullanmagan inson juda sekin yurishdan boshlagani maqsadga muvofiq. Qolaversa, 35 yoshdan oshmaganlarga ham mashgʻulotni sekin yurishdan boshlash tavsiya etiladi.
— Yurish vaqti va masofasi qay tartibda oshirib boriladi?
— Birinchi hafta tanlangan tezlik bilan har kuni yarim soatdan yuriladi. Keyin har 2 haftada yurish davomiyligini 5 daqiqadan, qadam tezligini esa 5 tadan oshirib borish kerak. Shu tarzda harakat tezligi daqiqasiga 100 qadamgacha, yurish davomiyligi esa 1 soatgacha yetkaziladi. 1 soat davomida ushbu tezlikdagi yurish — taxminan 10000 metrga teng.
Mashgʻulot paytida, ayniqsa, boshlangʻich bosqichlarida nafas olish va pulsni nazorat qilish maqsadga muvofiq. Yurish vaqtida puls soni daqiqasiga 100 tadan kam boʻlsa, tezlikni oshirish kerak, agar 120 dan ortiqni koʻrsatsa, sekinlashish darkor. Yuqorida aytilganidek, mashgʻulot vaqtida puls soni 100 dan kam boʻlsa, bunday yurishdan hech qanday foyda yoʻq. Buning sababi puls soni 100 dan kam boʻlganida moddalar almashinuvi jarayoni xuddi tinch holatdagidek kechadi.
Piyoda yurish insonga deyarli jarohat yetkazmay, shikastlanishlarsiz organizm imkoniyatlarini rivojlantiradi. Yurish vaqtida organizmga tushadigan jismoniy yuklama yuqori intensivlikda emas va bu turli jarohatlar, charchash holatlari kelib chiqishining oldini oladi.
Jamiyat
Piyoda yurish foydalari
Bundan tashqari, yurish tezligi va yoʻl past-balandligini oʻzgartirib, yuklamani har kim oʻz individual imkoniyatidan kelib chiqqan holda oshirishi yoki pasaytirishi mumkin.
Ushbu usul bilan qarilik vaqtlarida ham bemalol shugʻullanish mumkin. Piyoda yurish har qanday yosh va jinsdagi inson uchun tabiiy, odatiy, fiziologik yuklama turidir.
Yurish vaqtida bajariladigan harakatlar ritmik va tsikl bilan takrorlanishi, yaʼni baʼzi mushaklar boʻshashishi va boshqalarining qisqarish ketma-ketligi ajoyib samara beradi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala