Hodisalar

Andijonda bir guruh erkak zoʻrlaganini aytgan kelinga jazo tayinlandi

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Fotobankka oʻtishStatuya Femidы
Statuya Femidы  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.11.2021
Bundan besh yarim oy avval Andijon viloyatida 5 oylik kelinchak besh kishi tomonidan zoʻrlangani haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar tarqalgandi.
TOSHKENT, 15 noya – Sputnik. Andijonda 5 erkak tomonidan zoʻrlanganini aytgan kelinchakka nisbatan ikki yarim yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
Bundan besh yarim oy avval Andijon viloyatida 5 oylik kelinchak besh kishi tomonidan zoʻrlangani haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar tarqalgandi.
Bu ish Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi hamda ichki ishlar vaziri shaxsan nazoratga olgani ham maʼlum qilingandi.
Devushka, illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.05.2021
Hodisalar
Andijonda bir guruh erkak yosh kelinni zoʻrlaganlikda gumon qilinmoqda
29 may kuni IIV axborot xizmati sud-tibbiy ekspertizasining xulosasiga koʻra, jabrlanuvchining badanida zoʻrlik alomatlari bilan bogʻliq tan jarohatlari mavjud emasligi, 13-14 haftalik homilador ekani va homilasi rivojlanayotgani aniqlangan.
Keyin tergovda toʻplangan inkor qilib boʻlmas dalillarga asosan kelinchak O.O.ning zoʻrlangani toʻgʻrisidagi vajlari oʻz tasdigʻini topmaganligi maʼlum qilingan edi. Jinoiy ishni tugatish masalasi koʻrib chiqilgan.
2021 yilning 26 iyun kuni kelinchak O.O.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 139-moddasi 3-qismi (Tuhmat) bilan ayblov eʼlon qilingan va shaxsiy kafillik ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
“Daryo” nashrining Andijon viloyat sudi maʼlumotiga tayanib xabar berishicha, 2021 yil 10 sentyabr kuni Jinoyat ishlari boʻyicha Boʻston tumani sudi sudlanuvchi O.O.ga nisbatan sud ishini koʻrib chiqqan.
Sudning hukmiga koʻra, sudlanuvchi O.O. Jinoyat kodeksining 139-moddasi 3-qismining "a" bandi bilan aybdor deb topilgan. Unga nisbatan 2 yil 6 oy ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala