Jamiyat

Yangi SSV rahbari tunda Toshkent shifoxonalaridagi vaziyatni oʻrgandi

© Oʻzbekiston SSV matbuot xizmatiBehzod Musayev tunda Toshkent shifoxonalaridagi vaziyatni oʻrgandi
Behzod Musayev tunda Toshkent shifoxonalaridagi vaziyatni oʻrgandi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.11.2021
Behzod Musayev boshchiligida ishchi poytaxtdagi oʻtkir respirator kasalliklar bilan xastalangan bolalar holidan xabar oldi.
TOSHKENT, 15 noya – Sputnik. Sogʻliqni saqlash vaziri Behzod Musayev boshchiligidagi ishchi guruh poytaxt shifoxonalaridagi vaziyatni oʻrgandi.
SSV matbuot xizmati xabariga koʻra, mamlakatda yosh bolalar orasida oʻtkir respirator kasalliklarning davriy koʻtarilishi kuzatilmoqda. Ushbu xastaliklarning eng yuqori koʻrsatkichi esa Toshkent shahri hissasiga toʻgʻri kelyapti. Natijada poytaxtdagi bolalar klinik shifoxonalariga yuklamalar sezilarli ortgan.
“Shu sababli sogʻliqni saqlash vaziri Behzod Musayev boshchiligida ishchi guruh tuzilib, 13 noyabr tunda poytaxt shifoxonalaridagi vaziyat oʻrganildi”, - deyilgan vazirlik xabarida.
Shundan soʻng 14 noyabr tonggi soat 04:30 da Toshkent shahrida bolalar oʻrtasida oʻtkir respirator kasalliklar tarqalishi bilan bogʻliq muammolarni zudlik bilan bartaraf etish maqsadida Musayev boshchiligida shoshilinch yigʻilish oʻtkazilgan.
Natijada oʻsha kunning oʻzida oʻrganish xulosalari tahlil qilinib, poytaxtdagi shifo maskanlarida 600 dan ziyod qoʻshimcha oʻrin-joylar tashkil etilgan. Ona va bolalarga davolanishlari uchun yetarli sharoitlar yaratildi.
Rebenok boleyet - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.11.2021
Jamiyat
Oʻtkir respirator kasalliklar nega bolalarda koʻp uchraydi?
Eslatib oʻtamiz, 11 noyabr kuni Oʻzbekiston prezidentining tegishli farmoni bilan bosh vazir oʻrinbosari lavozimida ishlab kelgan Behzod Musayev sogʻliqni saqlash vaziri etib tayinlangan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala