Video

“Orgnabor”: Rossiya shifokorlari migrantlarni tibbiy koʻrikdan qanday oʻtkazmoqda – video

Rossiya shifokorlari 1000 nafar migrantni tibbiy koʻrikdan oʻtkazishdi.
TOSHKENT, 16 noya — Sputnik. Rossiya Federal Tibbiyot-biologiya agentligi (FMBA) bir guruh mutaxassislari migrantlarni tashkillashtirilgan tanlov doirasida Rossiyadagi qurilish obʼyektlariga borish istagida boʻlgan oʻzbekistonlik ishchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazishmoqda.
Rabochiye na stroitelnoy ploщadke - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.11.2021
Migratsiya
Pilot loyiha: 29 nafar oʻzbekistonlik mutaxassis ishlash uchun Rossiyaga joʻnab ketdi
Sentyabr oyi oxirida Oʻzbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyadagi qurilish obʼyektlarida 10 mingta boʻsh ish oʻrni ochilganini maʼlum qildi.
Rossiya hukumati qaroriga muvofiq, migrantlarning tibbiy koʻrigi Oʻzbekistonning oʻzida oʻtkazilmoqda. Rossiyalik shifokorlar mingga yaqin fuqaroni tibbiy koʻrikdan oʻtkazdi, bu haqda Rossiya FMBA birlashgan tibbiyot boʻlimi rahbari Boris Barankin Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga maʼlum qildi.
Oldimizga qoʻyilgan vazifa - 10 ming migrantni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish. Bugungi kunda biz bu vazifani 10 foiz amalga oshirishdik. Pilot loyihasi toʻliq bajarilishiga shubha yoʻq.
Boris Barankin
Ekspertning soʻzlariga koʻra, kelgusi yilda shifokorlar 10 emas, 100 ming potentsial migrantni tibbiy koʻrikdan oʻtkazishi kerak. "Bular butunlay boshqa hajm, butunlay boshqa vazifalar", - deb taʼkidladi Boris Barankin.
Shuningdek, kelgusi yilda “orgnabor”da ishtirok etishni yanada qulayroq qilish maqsadida Oʻzbekiston hududlarida tibbiyot brigadalarini tashkil qilish rejalashtirilgan.
Ayni paytda shifokorlar nomzodlarga tashxis qoʻyishadi, ishga joylashish va Rossiyaga kirish uchun zarur boʻlgan tahlil va xulosalarni bermoqda. Bundan tashqari, markazda nomzodlar “Sputnik Layt” vaktsinasi bilan emlanishi mumkin.
FBMA Oʻzbekistonda Rossiya hukumatining mehnat resurslarini jalb qilish tizimini ishlab chiqish loyihasi doirasida ishlaydi. Rossiya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi tashkillashtirilgan tanlov toʻgʻrisidagi kelishuv migrantlarni ish joyidagi sanitariya, mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik normalariga muvofiq yashash joylari bilan taʼminlash imkonini beradi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala