Senat Favqulodda holat to‘g‘risidagi qonunni ko‘rib chiqadi

© Ofitsialniy sayt prezidenta UzbekistanaZasedanie Senata Oliy Majlisa
Zasedanie Senata Oliy Majlisa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.11.2021
Obuna bo‘lish
Senatning 21 yalpi majlisi 18-noyabr kuni chaqiriladi va unda qator muhim hujjatlarni ko‘rib chiqish rejalashtiilgan.
TOShKENT, 16 noya – Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining yigirma birinchi yalpi majlisi 18-noyabr kuni chaqiriladi. Bu haqda parlamentning yuqori palatasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Senatorlar “Favqulodda holat to‘g‘risida”gi qonun, “Gidrometeorologiya faoliyati to‘g‘risida”gi qonun “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritishni ko‘rib chiqishadi.
Shuningdek, intellektual mulk obyektlari, fuqaroligi to‘g‘risidagi, o‘simliklar karantini va himoyasi tizimi qonunchilik takomillashtirilishi hamda og‘ir ijtimoiy ahvolda qolgan xotin-qizlar huquqlari kafolatlarini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish muhokama qilinadi.
Shuningdek, transport va moliya sohalaridagi ayrim huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun ma’muriy jazolar liberallashtirilishi munosabati bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar kiritish haqidagi qonun ham muhokama qilinadi.
Voyennoslujashie Minoboroni vzali pod kontrol karantinnie sentri - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.03.2021
Deputatlar birinchi o‘qishda favqulodda holat to‘g‘risidagi qonun loyihasini qabul qildi
Yalpi majlisda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston milliy markazi direktorining mamlakat inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlarining bajarilishi holati haqidagi axborotini eshitish rejalashtirilgan.
Senatorlar aholini ichimlik suvi bilan ta’minlashdagi muammolar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament so‘rovi natijalarini ko‘rib chiqadi.
Shu bilan birga homilador va reproduktiv yoshdagi ayollar hamda go‘daklarga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam holati hamda yengil sanoat va charm sanoati korxonalarida xotin-qizlarning mehnat munosabatlari bilan bog‘liq masalalarda ish beruvchilarning mas’uliyatini oshirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga parlament so‘rovlari yuborish masalalari muhokama etiladi.
Yangiliklar lentasi
0