Siyosat

Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Qozogʻistonga boradi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Kazaxstana Kasыm-Jomart Tokayev i prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Kazaxstana Kasыm-Jomart Tokayev i prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.11.2021
Yil oxirigacha Oʻzbekiston prezidenti Qozogʻistonga davlat tashrifi bilan borishi kutilmoqda.
TOSHKENT, 17 noya – Sputnik. Joriy yil oxirigacha Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozogʻistonga davlat tashrifi bilan boradi. Bu haqda ikki mamlakat rahbarining telefon orqali muloqotida maʼlum qilindi.
Oʻzbekiston prezidenti matbuot xizmati xabariga koʻra, Shavkat Mirziyoyev va Qasim Jomart-Toqayev Oʻzbekiston-Qozogʻiston strategik sherilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalarini koʻrib chiqishgan.
Suhbatda amaliy hamkorlikni ilgari surish, eng avvalo, ikki tomonlama tovar ayirboshlash hajmini oshirish, mashinasozlik, energetika, qishloq xoʻjaligi, transport va logistika, farmatsevtika, toʻqimachilik va oziq-ovqat sanoati, boshqa ustuvor yoʻnalishlarda uzoq muddatli kooperatsiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratilgan.
Oqoʻrda xabariga koʻra, Qozogʻiston-Oʻzbekiston munosabatlariga amaliy turtki berish maqsadida suhbatdoshlar joriy yil oxirigacha Oʻzbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyevning Qozogʻistonga davlat tashrifini tashkil etish boʻyicha kelishuvga erishishgan.
Kazaxstan i Uzbekistan obsudili vzaimodeystviye v jeleznodorojnoy sfere - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.07.2021
Iqtisod
Oʻzbekiston va Qozogʻiston orasida savdo aylanmasi deyarli 50%ga oshdi
Shu munosabat bilan ikki davlat hukumatlariga boʻlajak oliy darajadagi muzokaralarni sifatli mazmun bilan oʻtkazishni taʼminlash topshirilgan.
Eslatib oʻtamiz, Shavkat Mirziyoyev 2017 yil martida rasmiy tashrif bilan Qozogʻistonda boʻlgan edi. Qasim-Jomart Toqayev 2019 yil aprelida davlat tashrifi bilan Oʻzbekistonga kelgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala