Iqtisod

Xavfli yuklar, Oʻzbekiston-Tojikiston: prezident qarori tayyorlandi

© Sputnik / Ilya NaymushinGruzovoy avtomobil dvijetsya po federalnoy trasse
Gruzovoy avtomobil dvijetsya po federalnoy trasse - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.11.2021
Oʻzbekiston hududi orqali Tojikistonga xavfli yuklarni olib oʻtish tartibi soddalashtiriladi.
TOSHKENT, 17 noya — Sputnik. Transport vazirligi “Xalqaro shartnoma tasdiqlash toʻgʻrisida” prezident qarori loyihasini tayyorladi.
Flagi Uzbekistana i Turkmenistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.11.2021
Iqtisod
Oʻzbek-Turkman chegaraoldi savdo zonasi: prezident qarori tayyorlandi
Oʻzbekiston hukumati va Tojikiston hukumati oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali xavfli yuklarni olib oʻtish toʻgʻrisidagi kelishuv loyihasi ishlab chiqildi va Oʻzbekiston prezidenti 10 iyun kuni Tojikistonga amalga oshirilgan rasmiy tashrif jarayonida imzolandi.
Hozirgi vaqtda qonunga asosan tranzit ruxsatnomasining amal qilish muddati 30 kundan oshmaydi.
“Tojikiston tomoni Oʻzbekiston hududi orqali Tojikistonning xavfli yuklarini olib oʻtish uchun ruxsatnomani 1 oydan 1 yilgacha choʻzish imkoniyatini koʻrib chiqishni soʻrab murojaat qilgan”, - deyilgan hujjatda.
Kelishuvga muvofiq, Oʻzbekiston Transport vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali xavfli yuklar olib oʻtilishi boʻyicha qaror qabul qilish va ruxsat berish vakolatiga ega vakolatli organ hisoblanadi.
Tranzit bir yilgacha muddatga beriladigan umumiy yoki bir martalik ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi.
Ariza beruvchilar yoki ekspeditorlik tashkiloti tashishni boshlashdan oldin Oʻzbekiston tomoni vakolatli organini boshqa davlatlar tomonidan berilgan, ularning hududlari orqali tranzitni amalga oshirish rejalashtirilgan zarur tranzit ruxsatnomalarining mavjudligi toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala