Iqtisod

Rossiyadan Oʻzbekistonga birinchi “Agroekspress” yoʻlga chiqdi – u nima olib kelmoqda?

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Fotobankka oʻtishRegionы Rossii. Vladimirskaya oblast
Regionы Rossii. Vladimirskaya oblast - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.11.2021
Rossiyadan Oʻzbekistonga qarab yoʻlga chiqqan birinchi “Agroekspress” nimalar olib kelmoqda, ushbu loyihaning maqsadi va kelajakdagi istiqbollari haqida maqolamizda tanishing.
TOSHKENT, 18 noya — Sputnik. Rossiya va Oʻzbekiston orasida birinchi “Agroekspress” dushanba kuni yoʻlga chiqdi, deb xabar qildi Rossiya iqtisodiy rivojlanish vazirligi maksim Reshetnikov.
Yangi temir yoʻl transporti ikki davlat orasida tezlashtirilgan tartibda qishloq xoʻjalik mahsulotlari yetkazib berishni nazarda tutadi.
“Dushanba kuni birinchi sostav Rossiya mahsulotlari bilan Oʻzbkistonga qarab yoʻl oldi. Noyabr oxirida uning hoʻl mevalar bilan ortga qaytishini kutmoqdamiz”, - dedi Reshetnikov Moskvada boʻlib oʻtayotgan Oʻzbekiston – Rossiya forumida.
Rossiya vazirining soʻzlariga koʻra “Agroekspress” loyihasi Rossiya Eksport markazi, Rossiya Temir yoʻllari koʻmagida amalga oshirilmoqda. Loyihaga Oʻzbekiston, Rossiya va Qozogʻiston temir yoʻl kompaniyalari integratsiya qilingan.
“Agroekspress”ning maqsadi – 2030 yilga qadar Rossiya va Oʻzbekiston orasida temir yoʻl transporti orqali tovarlar almashinuvini 1 million tonnaga yetkazishdir.
“Ushbu loiyha ortida nafaqat mamlakatlarimiz qishloq xoʻjaligini rivojlantirish, balkim muayyan hududlarni rivojlantirish vazifasi ham turibdi”, - dedi Reshetnikov.
“Agroekspress” loyihasini amalga oshirish doirasida dastlab hukumatlar orasida yoʻnalish belgilanadi, keyin alohida hududlar uchun logistika va taqsimot markazlari quriladi. Shundan soʻng imkon qadar koʻproq yetkazib beruvchilar zanjirini jalb etish va mahsulot almashuv hajmini oshirib borish rejalashtirilgan.
Kelajakda "Agroekspress" loyihasi qishloq xoʻjalik mahsulotlarini tezkor yetkazib berish boʻyicha Xitoy, Turkiya va MDH davlatlarini bir-biri bilan bogʻlashi rejalashtirilmoqda.
V Tashkent pribыl poyezd Afrosiyob - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.08.2021
Iqtisod
Rossiya "Agroekspress"lari Oʻzbekistonga "yashil yoʻlak"dan kirib boradi
Birinchi "Agroekspress"Oʻzbekistonga nima olib bormoqda?
Birinchi “Agroekspress” 15 noyabr kuni yoʻlga chiqqan edi. U Oʻzbekistonga muzlatilgan tovuq goʻshti olib bormoqda. Goʻsht ishlab chiqaruvchisi Rossiyaning yetakchi eksport kompaniyalaridan biri - “Resurs” guruhidir. Mahsulot vagon-refrijeratorlarda olib borilmoqda. Tezyurar poyezd Tambov shahridagi “Tsna” stantsiyasidan Toshkentdagi “Sergeli” stantsiyasigacha boradi.

“Birinchi partiya – bu sinov boʻlib, uning doirasida “Agroekspress” texnologiyasini tekshirib koʻrish, barcha rasmiy jarayonlarni qisqartirish rejalashtirilgan. Kelajakda ushbu yoʻnalishda doimiy yuk tashishni yoʻlga qoʻyiladi”, - deyilgan xabarda.

Eslatib oʻtamiz, "Agroekspress" loyihasini tashkil qilish boʻyicha shartnoma 2021 yiling iyun oyida RJD va Oʻzbekistonning Uzagrologistics Centers kompaniyasi orasida imzolangan edi. Unga koʻra qishloq xoʻjalik mahsulotlari Rossiya va Oʻzbekiston orasida imkon qadar tezroq (5 kundan uzoq boʻlmagan muddatda) harakatlanishi uchun “yashil yoʻlak” tashkil etiladi.
V Tashkente sostoyalas vstrecha sopredsedateley Uzbeksko-Rossiyskoy Mejpravitelstvennoy komissii (MPK) po ekonomicheskomu sotrudnichestvu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.09.2021
Iqtisod
Rossiya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi “Agroekspress” noyabr oyida yoʻlga qoʻyiladi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala