Jamiyat

Davlat korruptsiya haqida xabar berganlarning qarindoshlarini himoya qiladi

Vzyatka - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.11.2021
Ilgari faqat korruptsiya haqida xabar bergan shaxslar davlat himoyasida edi.
TOSHKENT, 21 noya — Sputnik. Korruptsiya haqida xabar berganlarning qarindoshlari ham davlat himoyasida boʻladi. Bu prezident imzolagan yangi qonunda belgilab qoʻyilgan.
Tegishli qonunga kiritilgan qoʻshimchalarga koʻra, Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimlari korruptsiyaviy huquqbuzarliklar sodir etilishini oʻrganish va tahlil qilish uchun jazoni ijro etish muassasalariga moneliksiz kirishga, hujjatlar bilan tanishishga haqli ekanligi belgilandi.
Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan har yili korruptsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi milliy maʼruzani Oliy Majlisga taqdim etadi.
Endi korruptsiyaga oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisida axborot berayotgan shaxslarning qarindoshlari ham davlat himoyasida boʻladi.
Ilgari faqat xabar bergan shaxslar nazarda tutilgandi.
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Denejnыe kupyurы i monetы raznыx stran - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.07.2021
Siyosat
Oʻzbekistonda poraxoʻrlarning ochiq elektron reyestri yuritiladi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala