Yevropada kovid avj olmoqda: O‘zbekiston SSV aholini ogohlikka chorladi

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston SSV Yevropada joriy etilayotgan cheklovlar mamlakat aholisini ham ogohlikka chorlashi kerakligini ma’lum qildi.
TOShKENT, 22 noya – Sputnik. So‘nggi kunlarda ayrim Yevropa davlatlarida koronavirus bilan kasallanish avj olishi sabab bekor qilingan cheklovlar qaytadan joriy qilinmoqda.
O‘zbekiston SSV Yevropada joriy etilayotgan cheklovlar mamlakat aholisini ham ogohlikka chorlashi kerakligini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, keyingi oylarda O‘zbekistonda koronavirusga chalinish statistikasida pasayish kuzatilmoqda. Ammo ko‘rsatkichlar ozaygani sari odamlar o‘rtasida ehtiyotkorlik ham susayib borapti. Bu esa xavotirli holat.
Vazirlik koronavirus bilan bog‘liq vaziyat ayrim mamlakatlarda, ayniqsa, Yevropada qayta avj olayotganiga e’tibor qaratgan.
Masalan, Avstriyada bugundan umummilliy lokdaun joriy etildi. U 20 kungacha davom etadi. Bu vaqt mobaynida barcha ommaviy va madaniy tadbirlar bekor qilinadi. Umumiy ovqatlanish shoxobchalari va madaniyat maskanlari, aksariyat savdo nuqtalari, ta’lim muassasalari yopiladi.
Cheklovlar emlanmaganlar uchun, ayniqsa, qat’iy. Ularning oziq-ovqat do‘koni, dorixona, shifokor ko‘rigi kabi eng muhim ehtiyojlardan boshqa maqsadlar uchun ko‘chaga chiqishi taqiqlangan. Hozir mamlakatda vaksina olmagan 2 million kishi shunday choralar sharoitida yashashga majbur.
Germaniyada ham koronavirus bilan bog‘liq vaziyat jiddiylashib borayotgani tufayli emlanmagan aholi qatlami uchun karantin choralari kuchaytirildi. O‘tgan haftada bu yerda kuniga 60 mingga yaqin kasallanish holatlari aniqlanib, pandemiya boshlangandan beri eng yuqori ko‘rsatkich qayd etilgandi.
Yangi cheklovlarga ko‘ra, agar mamlakat ma’muriy hududlarida kovid tufayli kasalxonalarga yotqizish holati har 100 ming aholiga nisbatan 6 taga yetsa, emlangan va koronavirusdan tuzalgan fuqarolar ham ommaviy tadbirlarga tashrif buyurish uchun majburiy ravishda test topshiradi.
Slovakiya 22-noyabrdan koronavirusga qarshi emlanmagan fuqarolar uchun lokdaun joriy etgan yana bir mamlakat bo‘ldi. Bunday aholi qatlami kafe va restoranlar, savdo markazlari, ommaviy va sport tadbirlariga bora olmaydi.
Shu munosabat bilan O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi dunyodagi murakkab epidemik vaziyatni hisobga olib, yurtdoshlarimizni karantin qoidalariga qat’iy rioya etishga, xotirjamlikka berilmay, o‘z vaqtida vaksina olishga chaqiradi”, - deyilgan murojaatda.
2021 yil 21-noyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus aniqlanganlar soni 191 576 nafarni tashkil etmoqda. Shulardan 188 123 nafari tuzalib ketgan. Virus oqibatida 1378 kishi vafot etgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda 17-noyabrdan boshlab to‘liq emlangan fuqarolar buster doza bilan ixtiyoriy emlanishi xabar qilingan edi.
Shpris, illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.11.2021
Koronavirusga qarshi qayta emlanish tartibi haqida ma’lumot berildi
Yangiliklar lentasi
0