Toshkentda Prezident kutubxonasi quriladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezentatsiya obyektov, planiruyemix k stroitelstvu v gorode Tashkente
Prezentatsiya obyektov, planiruyemix k stroitelstvu v gorode Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.11.2021
Obuna bo‘lish
Kutubxona 4 qavatli bo‘ladi. Bir vaqtda 1 ming 400 dan ziyod o‘quvchiga xizmat ko‘rsatadi.
TOShKENT, 23 noya – Sputnik. Toshkentda Prezident kutubxonasi quriladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida amalga oshirilishi rejalashtirilgan bunyodkorlik loyihalari bilan tanishgan.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston Milliy bog‘i yaqinida Prezident kutubxonasi qurilishi ham rejalashtirilgan.
U 4 qavatli bo‘lishi, bir vaqtda 1 ming 400 dan ziyod o‘quvchiga xizmat ko‘rsatishi ko‘zda tutilgan. Kutubxonada 1 million 500 mingta kitob saqlanishi bilan birga elektron adabiyotlar, multimedia mahsulotlari ham bo‘ladi.
Davlat rahbari bu majmualarni qurishda eng zamonaviy texnologiyadan foydalanish, bilimsevarlarga barcha qulayliklarni yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Shuningdek, Alisher Navoiy nomidagi adabiyot muzeyi qurilishi rejalashtirilgan. U Adiblar xiyoboniga tutash hududda quriladi. Ushbu majmua muzey bilan birga ilmiy tadqiqot markazi, O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, maktab va yotoqxonani o‘z ichiga oladi.
Taqdimotda Olimpiya shaharchasi loyihasi ham ko‘rib chiqildi.
Prezident oznakomilsya s perspektivnimi proyektami v Tashkentskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.02.2021
Prezident Toshkent viloyatida amalga oshiriladigan loyihalar bilan tanishdi
Yangiliklar lentasi
0