Jamiyat

Dehkonchilik uchun 1 gektargacha yer ijaraga beriladi

© Selskoxozyaystvennыy klaster Jizzax Organic Selskoxozyaystvennaya texnika v pole
Selskoxozyaystvennaya texnika v pole - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.11.2021
100 mln dollar pul banklarga milliy valyutada 3 yil imtiyozli davr bilan 10 yilga 10 foiz stavkada joylashtiriladi.
TOSHKENT, 24 noya — Sputnik. “Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida dehqon hoʻjaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Magistralnыy orositelnыy kanal v Krasnodarskom kraye - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.08.2021
Jamiyat
Yer uchastkalarini davlat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratish tartibi belgilandi
Qaror bilan fermerlar va klasterlarning past hosilli paxta va gʻalladan qisqartirilgan 200 ming gektar ekin maydoni 2022-2025 yillarda zaxiraga qaytariladi.
Zaxiraga qaytarilgan yerlar sabzavotchilik, poliz, dukkakli, moyli ekinlar, kartoshka uchun fuqarolarga 0,10 gektardan 1 gektargacha elektron tanlov orqali ijaraga beriladi.
Ijaraga berishda dehchonchilikda yaxshi natijalarga erishgan, mutaxassislikka ega, “daftar”larga kiritilgan ehtiyojmand oilalarga ustunlik beriladi.
100 mln dollar pul banklarga milliy valyutada 3 yil imtiyozli davr bilan 10 yilga 10 foiz stavkada joylashtiriladi.
Kreditlar dehqon va fermerlarga:
100 mln soʻmgacha 14% stavkada;
kichik intensiv bogʻ va uzumchilikka 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha, poliz, dukkakli, moyli ekinlar, kartoshka va sabzavotchilikka 3 oygacha imtiyozli davr bilan 2 yilgacha ajratiladi.
Kreditlar yangi joriy etilayotgan hokim yordamchilari yozma tavsiyasiga asosan beriladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala