Jamiyat

SSV “Yangi Oʻzbekiston shifokorlari” platformasini ishga tushirdi

© Minzdrav UzbekistanaNovoye zdaniye Ministerstva zdravooxraneniya Uzbekistana
Novoye zdaniye Ministerstva zdravooxraneniya Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.11.2021
Eng yaxshi gʻoya va takliflar bergan yosh shifokorlar vazirlikning istiqbolli kadrlar zaxirasiga kiritiladi.
TOSHKENT, 24 noya – Sputnik. Sogʻliqni saqlash vazirligi tibbiyot sohasining faol va tashabbuskor yosh vakillarini birlashtirish maqsadida “Yangi Oʻzbekiston shifokorlari” platformasini ishga tushirganini maʼlum qildi.
“Prezidentimiz tibbiyot sohasini xalqimizni rozi qiladigan tizimga aylantirish boʻyicha oldimizga juda katta vazifalarni qoʻygan. Bularni toʻlaqonli roʻyobga chiqarish, sohada oʻz yechimini kutayotgan muammolarni hal etish uchun yangi gʻoya va tashabbuslar, kreativ yondashuvlar nihoyatda zarur”, - deyilgan xabarda.
Vazirlik bu borada jamiyatdagi yangilanishlar jarayonida faol ishtirok etib, dolzarb masalalarni dadil koʻtarib chiqayotgan yosh shifokorlar kuch-gʻayrati, azmu shijoatiga suyanishini bildirgan.
Yangi platforma 45 yoshgacha boʻlgan shifokor uchun moʻljallangan. Unda nafaqat mamlakat, balki dunyoning boshqa davlatlarida mehnat qilayotgan vatandosh shifokorlar ishtirok etishi mumkin.
Taʼkidlanishicha, eng yaxshi gʻoya va takliflar bergan yosh shifokorlar vazirlikning istiqbolli kadrlar zaxirasiga kiritiladi.
Loyihada ishtirok etish uchun SSV saytida roʻyxatdan oʻtish va gʻoya va takliflarni yoʻllash mumkin. Ularning konfidentsialligi taʼminlanadi.
Behzod Musayev tunda Toshkent shifoxonalaridagi vaziyatni oʻrgandi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.11.2021
Jamiyat
Yangi SSV rahbari tunda Toshkent shifoxonalaridagi vaziyatni oʻrgandi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala