Jamiyat

Farzandi OʻRVI bilan kasallangan ota-onalar eng koʻp qaysi xatoga yoʻl qoʻyishadi

© Pixabay / Victoria_BorodinovaRebenok s gradusnikom, illyustrativnoye foto
Rebenok s gradusnikom, illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.11.2021
Pediatr farzandi oʻtkir respirator virusli infektsiya bilan kasallangan ota-onalar qanday yoʻl tutishi kerakligini aytdi.
TOSHKENT, 25 noya – Sputnik. Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya tibbiyot ilmiy-amaliy markazi boʻlim mudiri Manzura Boltaboyeva farzandi oʻtkir respirator virusli infektsiya (OʻRVI) bilan kasallangan ota-onalarga tavsiya berdi.
Shifokorning soʻzlariga koʻra, baʼzi ota-onalar farzandining harorati koʻtarilib, burni oqib, tumov belgilari kuzatila boshlasa, darhol dorixonaga yugurishadi va oʻzboshimchalik bilan bolasiga antibiotiklar berishadi. Lekin OʻRVIda ham, grippda ham antibiotiklar yordam bermaydi.
Boltaboyeva bu aksincha, juda ogʻir asoratlarga olib kelishi mumkinligini taʼkidladi. Masalan, ichak disbakteriozini keltirib chiqaradi. Baʼzi antibiotiklar esa jigarga jiddiy ziyon yetkazishi mumkin. Shu sababli ota-onalarga shifokor tavsiyasisiz farzandlariga antibiotik bermaslik doimo uqtirib kelinadi.
Mutaxassis OʻRVIga chalingan bolalarni qanday vaziyatda uy sharoitida davolash mumkin, qaysi holatda esa tez yordamga murojaat qilish lozimligi haqida ham toʻxtaldi.
“Bemor bolaning holatiga ota-onasi juda eʼtiborli boʻlishi kerak. Agar bolada pnevmoniyaning ilk belgilari kuzatilsa, shifoxonada davolanish tavsiya etiladi”, - deydi shifokor.
Pediatrning qayd etishicha, harorati baland bolaning tomogʻini yod yoki zelyonka bilan artish koʻpchilik yoʻl qoʻyadigan katta xatolardan biri. Chunki OʻRVIga chalingan bolaning shilliq qavati juda nozik, buning ustiga, virusdan yalligʻlangan va shishgan boʻladi.
Agar yuqorida aytilgan surtmalar bilan ishlov berilsa, shilliq qavat jarohatlanib, shish kattalashib, loringit yuzaga kelishi va boshqa asoratlar kuzatilishi mumkin.
Tana harorati koʻtarilganda paratsetamol berish tavsiya etiladi. Ammo baʼzi ota-onalar tibbiyotdan yaxshi xabardor boʻlmagan qoʻshnisini chaqirib, analgin, dimedrol, novokain qoʻshib mazkur aralashmani isitma tushirishda qoʻllashadi.
Rebenok boleyet - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.11.2021
Jamiyat
Oʻtkir respirator kasalliklar nega bolalarda koʻp uchraydi?
Bu mutlaqo mumkin emas. Birinchidan, analgin qonni suyultirib yuboradi. Dimedrol esa bolada yoʻtal paydo boʻlgan, bronxlari torayib qolgan paytda asoratlarni yanada kuchaytiradi.
Bundan tashqari, allergik yoʻtal, astma, yuqori nafas yoʻllarining yalligʻlanishi kuzatilayotgan bolalar bor xonalarda isiriq tutatish yanglish xatti-harakatdir. Chunki tutun bola organlari spazmini koʻpaytirib, yoʻtalni yanada kuchaytirishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala