Siyosat

Mirziyoyev Ashxoboddagi sammitda ishtirok etadi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev na VIII sammite Tyurkskogo soveta v Stambule
Shavkat Mirziyoyev na  VIII sammite Tyurkskogo soveta v Stambule - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.11.2021
Prezident Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammitida ishtirok uchun Turkmanistonga boradi.
TOSHKENT, 26 noya – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev turkmanistonlik hamkasbi Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 28 noyabr kuni Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining (IHT) oʻn beshinchi sammitida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Ashxobod shahrida boʻladi.
Tadbir kun tartibiga muvofiq, tashkilot doirasidagi koʻp tomonlama sheriklikni yanada kengaytirish, eng avvalo savdo munosabatlarini rivojlantirish, mintaqaning tranzit salohiyatini oshirish, “yashil” iqtisodiyotni ilgari surish va innovatsiyalarni joriy qilish masalalari koʻrib chiqiladi. Sammitning yakuniy hujjatini qabul qilish koʻzda tutilgan.
Taʼkidlanishicha, Turkmanistonga tashrif dasturi doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazilishi ham rejalashtirilgan.
IHT mintaqaviy koʻp tomonlama tuzilma boʻlib, mintaqa mamlakatlari oʻrtasidagi yaqin savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga koʻmaklashish maqsadida 1985 yilda tashkil etilgan.
Vozobnovlyayetsya rabota dvux KPP na granitse s Turkmenistanom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.11.2021
Jamiyat
Turkmaniston bilan chegaradagi 2 ta oʻtkazish punkti ishi qayta tiklanmoqda
Bugungi kunda tashkilotga Oʻzbekiston, Turkiya, Eron, Pokiston, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Afgʻoniston aʼzo. Mamlakat IHTga 1992 yilda qoʻshilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala