Mirziyoyev va Nazarboyev hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qilishdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev i Nursultan Nazarbayev proveli vstrechu
Shavkat Mirziyoyev i Nursultan Nazarbayev proveli vstrechu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.11.2021
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston birinchi prezidenti bilan bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlar rejasini ko‘rib chiqdi.
TOShKENT, 26 noya – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston birinchi prezidenti – elboshi Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi.
Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, suhbat avvalida Mirziyoyev Nazarboyevni yaqinlashib kelayotgan bayram - Qozog‘iston birinchi prezidenti kuni bilan tabriklagan. Unga mustahkam sog‘lik, farovonlik va yangi zafarlar, birodar Qozog‘iston xalqiga bardavom taraqqiyot va ravnaq tilagan.
Mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlari bugun yuksak darajaga ko‘tarilgani mamnuniyat bilan ta’kidlandi.
Qayd etilishicha, joriy yil boshidan o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 40 foizga oshgan. Ikki mamlakatning yetakchi kompaniya va korxonalari o‘rtasidagi sanoat kooperatsiyasi kengayib bormoqda. Bugun Turkiston shahrida O‘zbekiston va Qozog‘iston hukumatlari rahbarlari ishtirokida Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi va Hududlar forumi o‘tkazilmoqda.
Telefon muloqoti chog‘ida ikki tomonlama va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, ular bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlar rejasini ko‘rib chiqishdi.
Prezident Kazaxstana Kasim-Jomart Tokayev i prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.11.2021
Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Qozog‘istonga boradi
Yangiliklar lentasi
0