Dunyoda

Koronavirusning yangi shtammi tufayli davlatlar yana chegaralarini yopmoqda

© pexels / cottonbroPandemiya koronavirusa
Pandemiya koronavirusa - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.11.2021
Dastlabki xulosalarga koʻra, "Omicron" shtammi OITSga chalingan kishida mutatsiyaga oqibatida paydo boʻlgan va "delta" shtammidan ham yuqumliroqdir.
TOSHKENT, 29 noya – Sputnik. Koronavirusning Afrika davlatlari va Gonkongda aniqlangan yangi "Omikron" shtammi xavfi tufayli koʻplab mamlakatlar chet el fuqarolarining oʻz hududiga kirishiga turli cheklov kiritmoqda.
Rossiya esa 28 noyabrdan Afrikaning qator mamlakatlari, qolaversa, Gonkongdan chet elliklarning oʻz hududiga kirishini cheklab qoʻydi.
Isroil hukumati oʻz chegaralarini 14 kunga yopib qoʻyishini eʼlon qilgan boʻlsa, Quvayt 9 davlat bilan aviaqatnovni toʻxtatdi. Marokash ham bu safga qoʻshildi.
Britaniyada istalgan xorijiy davlatdan kelgan kishi PZR testini topshirishi va salbiy natija olinmaguncha oʻzini izolyatsiya qilishi shart. Shuningdek, hukumat jamoat joylarida yana niqob taqishni joriy etadi. Bu yerda vaktsina olganidan buyon 6 oydan koʻp vaqt oʻtgan va 40 yoshdan oshgan aholi vakillariga qayta emlanish tavsiya qilinishi ham aytilmoqda.
Chexiya, Niderland va Buyuk Britaniya va Malavidan kelgan sayohatchilarga cheklovlar joriy qildi.
Yaponiya esa 30 noyabrdan mamlakatni xorijliklar uchun yopadi.
Shuningdek, Germaniya, Singapur, Bahrayn, Italiya, Marokash, Frantsiya, Avstriya, Malayziya, Saudiya Arabistoni, Shveytsariya, Turkiya, Kanada, AQSH, BAA, Misr, Argentina, Braziliya, Avstraliya kabi davlatlar ham bordi-keldida, aeroportlarda turli cheklovlar joriy qildi.
Maʼlumot uchun, JSST oʻtgan haftada Janubiy Afrika Respublikasi, Botssvana va Gonkongda aniqlangan koronavirusning yangi B.1.1.529 shtammiga "omicron" deb nom berildi.
Dastlabki xulosalarga koʻra, "omicron" juda koʻp mutatsiyalarni oʻz ichiga olgan va "delta" shtammidan ham koʻra yuqumliroqdir. Olimlar qayd etishiga koʻra, koronavirusing ushbu shtammi OITSga chalingan kishida mutatsiyaga oqibatida paydo boʻlgan. Eng yomoni, yangi versiya allaqachon Afrikadan boshqa qitʼalarga oʻtib ulgurgan. Hafta soʻngida ushbu shtamm Belgiya, Germaniya, Italiya, Niderlan, Buyuk Britaniya, Chexiya, Daniya singari qator davlatlarda ham aniqlandi.
Zdaniye shtab-kvartirы Vsemirnoy organizatsii zdravooxraneniya v Jeneve.  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.11.2021
Jamiyat
JSST koronavirusning yangi shtammi tufayli favqulodda majlis chaqirdi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala