Siyosat

Aripov va Mishustin Oʻzbekiston va YEOII oʻrtasidagi hamkorlikni kengaytirishni muhokama qildi

© Sputnik / Dmitriy Astaxov / Fotobankka oʻtishPremyer-ministr RF M. Mishustin prinyal uchastiye v rabote sovmestnoy komissii Rossii i Uzbekistana
Premyer-ministr RF M. Mishustin prinyal uchastiye v rabote sovmestnoy komissii Rossii i Uzbekistana  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.11.2021
Ikki mamlakat bosh vazirlari Rossiya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlarini ham muhokama qilishgan.
TOSHKENT, 30 noya – Sputnik. Rossiya va Oʻzbekiston bosh vazirlari Mixail Mishustin va Abdulla Aripov telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Rossiya hukumati matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, ikki mamlakat hukumat rahbarlari Rossiya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari, sanoat kooperatsiyasi, shuningdek, qishloq xoʻjaligi va transport infratuzilmasi sohasidagi oʻzaro aloqalarni muhokama qilishgan.
Mixail Mishustin v Abdulla Aripov Oʻzbekiston va Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi oʻrtasidagi hamkorlikni kengaytirish mavzusiga alohida eʼtibor qaratgan.
Avvalroq Abdulla Aripov Oʻzbekiston Yevroosiyo iqtisodiy kengashi davlatlari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyorligini maʼlum qilgan edi. Oʻzbekistonning YEOII davlatlari bilan oʻzaro hamkorligi pandemiyaga qaramay jadal rivojlanmoqda.
Flagi stran-uchastnits YEAES i gosudarstv-nablyudateley pri soyuze - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.11.2021
Iqtisod
Oʻzbekiston bilan hamkorlik YEOII uchun strategik ahamiyatga ega - Malkina
2020 yil dekabrda Oʻzbekistonga YEOIIda kuzatuvchi davlat maqomi berildi. Shundan soʻng respublika YEOIIning barcha ochiq majlislarida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdi. 2021 yil aprel oyida Oʻzbekiston YEOII Iqtisodiy komissiyasi (YEIK) bilan hamkorlik qilish toʻgʻrisidagi memorandum imzoladi. Shuhrat Shukurov respublikaning Ittifoqidagi vakili etib tayinlandi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala