Jamiyat

Nima uchun avtomobil yetkazib berilmayapti: UzAuto Motors sababini maʼlum qildi

© UzAuto MotorsUzAuto Motors
UzAuto Motors - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.11.2021
UzAuto Motors noyabr va dekabr oylarida yetkazilishi kerak boʻlgan avtomobillar boʻyicha muddatni yana 2 oyga uzaytirdi.
TOSHKENT, 30 noya — Sputnik. UzAuto Motors 2021 yil noyabr-dekabr oylarida avtomobili yetkazib berilishini kutayotgan xaridorlarga bayonot bilan chiqdi.
Chevrolet Captiva 5 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.11.2021
Iqtisod
“UzAuto Motors” “Captiva” xaridorlariga pullarini qaytarishni boshladi
Kompaniya avtomobilni yetkazib berish boʻyicha ilgari tuzilgan shartnomaning 1.2 bandiga mos ravishda shartnomaga 3.1.1 bandni kiritishga majburligini maʼlum qildi.
““UzAuto Motors”ga bogʻliq boʻlmagan holatlar tufayli, yarimoʻtkazgichlardan tayyorlangan butlovchi qismlar yetishmovchiligi hamda global logistika muammolari sababli, kompaniya 3.1.1 bandini qoʻllashga hamda 3.1 bandda koʻrsatilgan avtomobillarning kutilayotgan yetkazib berish muddatini 2 oyga uzaytirishga majbur.
“UzAuto Motors” ushbu ekstremal chora isteʼmolchilar tomonidan toʻgʻri tushunilib qabul qilinishiga umid qilmoqda”, - deyilgan kompaniya bayonotida.
Kompaniya yetkazib berishi toʻxtatilgan “Chevrolet Captiva 5” avtomobili uchun xaridorlarga pullarini qaytarish va kompensatsiya toʻlashni boshlagandi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala