Iqtisod

“UzAuto Motors” “Captiva” xaridorlariga pullarini qaytarishni boshladi

© ChevroletChevrolet Captiva 5
Chevrolet Captiva 5 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.11.2021
“Captiva 5” uchun pul toʻlagan 161 xaridor pullarini qaytarib olishgan. Yana 41 mijozga vaʼda qilingan kompensatsiya toʻlangan.
TOSHKENT, 30 noya – Sputnik. “UzAuto Motors” yetkazib berishi toʻxtatilgan “Chevrolet Captiva 5” avtomobili uchun xaridorlarga pullarini qaytarish va kompensatsiya toʻlashni boshladi.
Kompaniya xabariga koʻra, “Captiva 5” uchun pul toʻlagan 461 nafar xaridordan 161 nafari pullarini qaytarib olgan. 207 kishi boshqa modelni olishga qaror qilgan.
29 noyabrdan vaʼda qilingan 5 foizlik kompensatsiyani toʻlash boshlangan. 41 nafar mijoz uni olishga ulgurgan.
Kompaniya qolgan xaridorlar ham oʻz mablagʻlari va kompensatsiyani yaqin ikki-uch kun ichida olishlariga ishontirmoqda.
Eslatib oʻtamiz, “UzAuto Motors” AJ “Captiva 5” avtomobillarini yetkazib berish boʻyicha shartnomalarni toʻxtatishi va oldin tuzilgan shartnomalar boʻyicha mijozlar pullarini qaytarishini maʼlum qilgan edi. Qoʻshimcha ravishda oldindan toʻlov summasining 5 foizini kompensatsiya sifatida toʻlashga vaʼda bergan edi.
Maʼlumot uchun, “Captiva 5” avtomobillari Oʻzbekistonda 2021 yilning sentyabr oxirda sotuvga chiqqan edi. UzAuto Motors Meksikada ishlab chiqariladigan ushbu avtomobilni xaridorlarga 2022 yilning yanvarida yetkazib berishni vaʼda bergan edi. Bu model narxi 192 milliondan 269 million soʻmgacha deb eʼlon qilingan edi.
Plata Polikom 741K-FC - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.10.2021
Analitika
Dunyoda yarimoʻtkazgichlar inqirozi – hammasiga kim aybdor?
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala