Dunyoda

Qozogʻiston omikron shtamm tufayli bir qancha davlatlardan kirishni cheklaydi

© SputnikSamolet v aeroportu Almatы.
Samolet v aeroportu Almatы. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.11.2021
Qozogʻistonning oʻzida hozircha koronavirusning omikron shtammi aniqlanmagan.
TOSHKENT, 30 noya – Sputnik. Qozogʻiston hukumati mamlakatda koronavirusning omikron shtammi tarqalishining oldini olish maqsadida bir qator davlatlardan chet elliklarning kirishini cheklashga qaror qildi. Bu haqda mamlakat sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari Marat Shoranov Hukumat yigʻilishida maʼlum qildi,

“Yangi omikron shtammining paydo boʻlganligini inobatga olib, idoralararo komissiya 3 dekabrdan cheklov choralarini joriy etish toʻgʻrisida qaror qabul qildi”, - dedi Shoranov.

Uning soʻzlariga koʻra, Qozogʻistonga Namibiya, Zimbabve, Mozambik, Madagaskar, Esvatini, Malavi, JAR, Tanzaniya va Gonkongdan xorijliklarning kirishi cheklanadi.
Omikron qayd etilgan Isroil, Chexiya, Niderlandiya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Italiya, Germaniya, Avstraliya, Kanadadan kelganlarning emlanganligiga qaramasdan koronavirusga PZR test topshirishi shart. Bundan tashqari, yuqoridagi mamlakatlardan kelganlar oʻzlarini yetti kun yakkalashlari kerak. Hukumat Misr bilan ham aviaqatnovlarni toʻxtatishga qaror qilgan.
Pandemiya koronavirusa - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.11.2021
Dunyoda
Koronavirusning yangi shtammi tufayli davlatlar yana chegaralarini yopmoqda
Qozogʻistonning oʻzida hozircha koronavirusning omikron shtammi aniqlanmagan.
Avvalroq Oʻzbekiston Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʻi oʻrinbosari Nurmat Otabekov omikron shtamm ikkinchi va uchinchi mamlakatlar orqali kirib kelishi mumkinligini istisno qilmagan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala