Farg‘ona vodiysiga 198,4 ming tonna suyultirilgan gaz ajratildi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishGazozapravochnaya stansiya v Kazani
Gazozapravochnaya stansiya v Kazani - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.12.2021
Obuna bo‘lish
Farg‘ona vodiysiga 198,4 ming tonna suyultirilgan gaz ajratildi.
TOShKENT, 1 dek — Sputnik. Farg‘ona vodiysiga 198,4 ming tonna suyultirilgan gaz ajratildi, deb xabar qildi “O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati.
Podgotovka k otkritiyu Peterburgskogo ekonomicheskogo foruma - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.11.2021
“O‘zbekneftgaz” va “Gazprombank” yangi loyihalarni muhokama qildi
Unda yozilishicha, respublika iste’molchilarini mavsumda suyultirilgan gaz bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida “Hududgazta’minot” AJ bilan birgalikda yetkazib berish jadvallari ishlab chiqilib, shu asosida ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
29 noyabr holatiga ko‘ra “O‘zbekneftgaz” AJ tarmoq korxonalari tomonidan Farg‘ona vodiysi aholisi va hududidagi ijtimoiy soha obyektlari uchun jami 198,4 ming tonna suyultirilgan gaz mahsuloti “Hududgazta’minot” AJga yetkazib berildi.
Hududlar kesimida: Andijon viloyatiga 67,5 ming tonna, Namangan viloyatiga 59,4 ming tonna, Farg‘ona viloyatiga 71,5 ming tonna.
Yangiliklar lentasi
0