O‘zbekiston omikron shtamm sabab qator davlatlar bilan aviaqatnovlarni to‘xtatadi

© Pixabay / blende12Samolet v nebe, illyustrativnoe foto
Samolet v nebe, illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.12.2021
Obuna bo‘lish
14 kun davomida ushbu davlatlarda bo‘lgan uchinchi davlat fuqarolari O‘zbekistonga kiritilmaydi.
TOShKENT, 1 dek – Sputnik. O‘zbekiston koronavirusning omikron shtammi tufayli qator davlatlar bilan aviaqatnovlarni to‘xtatadi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi (SSV) matbuot xizmati xabar bermoqda.
“2021 yil 3-dekabrdan 2022-yil 10-yanvarga qadar Janubiy Afrika Respublikasi, Botsvana, Namibiya, Zimbabve, Mozambik, Madagaskar, Lesoto, Esvatini, Tanzaniya va Gonkong bilan xalqaro aviaqatnovlar (kirish, chiqish va tranzit reyslar orqali respublika hududiga kirish) to‘xtatildi”, - deyilgan xabarda.
Mazkur davlatlarning fuqarolari va ushbu davlatlarda doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, shuningdek, so‘nggi 14 kun davomida yuqoridagi davlatlarda bo‘lgan uchinchi davlat fuqarolari O‘zbekistonga kiritilmaydi.
Bu qaror O‘zbekistonda epidemiologik vaziyatning barqarorligini saqlab qolish va mamlakat hududiga koronavirusning yangi omikron shtammi kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun qabul qilingan.
Mas’ul vazirlik va idoralar ushbu davlatlardagi mavjud epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda ular bilan xalqaro aviaqatnovlarni bosqichma-bosqich tiklash yuzasidan taklif kiritib borishi belgilandi.
Zamnachalnika Slujbi sanitarno-epidemiologicheskogo blagopoluchiya i obshestvennogo zdorovya (SES) Uzbekistana Nurmat Otabekov. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.11.2021
Otabekov: omikron shtamm ikkinchi va uchinchi mamlakatlar orqali kirib kelishi mumkin
Yangiliklar lentasi
0