Siyosat

Oʻzbekiston va Afgʻoniston qator sohalardagi yirik loyihalarni muhokama qildi

© Press-slujba MID UzbekistanaIsmatulla Irgashev v Kabule provel vstrechi s chlenami Vremennogo pravitelstva Afganistana
Ismatulla Irgashev v Kabule provel vstrechi s chlenami Vremennogo pravitelstva Afganistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.12.2021
Oʻzbekiston prezidentining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Kobulda Afgʻoniston Muvaqqat hukumati vakillari bilan qator uchrashuvlar oʻtkazdi.
TOSHKENT, 1 dek – Sputnik. Oʻzbekiston prezidentining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev boshchiligidagi delegatsiya Kobul shahriga tashrif buyurib, Afgʻoniston Muvaqqat hukumati vakillari bilan uchrashuvlar oʻtkazdi.
Mamlakat TIV xabariga koʻra, xususan, Afgʻoniston Vazirlar mahkamasi rahbariyati, Tashqi va Ichki ishlar, Jamoatchilik, Energetika va Iqtisodiyot vazirliklarida muzokaralar olib borilgan. U yerdagi mavjud vaziyat muhokama qilingan.
“Afgʻoniston xalqiga insonparvarlik va boshqa yordam koʻrsatish borasidagi saʼy-harakatlar, energetika va transport sohalarida yirik infratuzilma loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi”, - deyilgan xabarda.
Afgʻoniston tomoni Oʻzbekiston tashabbusi bilan boshlangan Surxon – Puli-Xumri elektr uzatish liniyasi va Mozori Sharif-Kobul-Peshovar temir yoʻli qurilishi kabi infratuzilma loyihalarini amalga oshirishni imkon qadar tezroq boshlashga tayyorligini tasdiqladi.
Oʻzbekiston tomonidan elektr energiyasini uzluksiz yetkazish, Oʻzbekiston-Afgʻoniston davlat chegarasi ish tartibini davom ettirish, Mozori Sharif xalqaro aeroporti faoliyatini tiklashga koʻmaklashish, insonparvarlik yordamini oʻz vaqtida koʻrsatish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga yuqori baho berildi.
“Afgʻoniston vakillari Oʻzbekiston tomonini Oʻzbekiston va mintaqaning boshqa davlatlariga, umuman, butun dunyoga zarracha tahdid ham hech qachon ushbu davlat hududidan kelmasligiga ishontirdi”, - deyilgan xabarda.
Afgʻonistonning yangi hukumati Oʻzbekiston bilan birgalikda ikki mamlakat xalqlarining buyuk ajdodlari – Alisher Navoiy (Hirot), Zahiriddin Bobur (Kobul), Abu Rayhon Beruniy (Gʻazna) va Boborahim Mashrab (Taxor) qoʻnim topgan maskanlarda obodonlashtirish ishlarini olib borishga tayyorligini bildirdi. Mamlakat maktablari va oliy oʻquv yurtlarida oʻzbek tilini oʻrganishga ham alohida eʼtibor qaratiladi.
Uzbeksko-afganskaya granitsa - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.11.2021
Iqtisod
Toliblar Oʻzbekiston savdo-sotigʻiga xalaqit beryaptimi?

Toliblarning Afgʻoniston hukumatini egallab olishi

Avgust oyi oʻrtalarida "Tolibon"* aʼzolari mamlakat poytaxti Kobulga bostirib kirib, prezident saroyini egallab olishdi.
31 avgustga oʻtar kechasi AQSH harbiylari Kobul aeroportini batamom tark etishdi va bu bilan Afgʻonistondagi qariyb 20 yillik amerika kampaniyasi oʻz yakuniga yetdi.
Toliblar Afgʻonistonning muvaqqat hukumati tarkibini eʼlon qildi.
Muvaqqat hukumatni "Tolibon"* birinchi bor hukumat tepasiga kelganida TIV rahbari kursisini egallagan va hozirga qadar BMT sanktsiyalari ostida qolib kelayotgan Muhammad Hasan Oxund boshqarishi maʼlum boʻldi.
* Tashkilot terrorchilik faoliyati uchun BMT sanktsiyalari ostida.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala