Jamiyat

Oʻzbekistonga 11 ta davlatdan keluvchilar majburiy karantinga olinadi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPassajirы spuskayutsya po trapu v aeroportu Tashkenta
Passajirы spuskayutsya po trapu v aeroportu Tashkenta - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.12.2021
Roʻyxatdagi davlatdan kelganlar oʻn kun davomida majburiy uy karantini yoki oʻz hisoblaridan mehmonxonaga karantinga joylashtiriladi.
TOSHKENT, 1 dek – Sputnik. Respublika maxsus komissiyasi Oʻzbekistonga koronavirusning yangi omikron shtammi kirib kelishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida bir qator yangi tartib va cheklovlar belgiladi.
Endi xorijiy davlatlardan Oʻzbekistonga tashrif buyuruvchilar:
tashrif buyurishdan kamida 72 soat oldin topshirilgan koronavirusga PZR test natijasi boʻyicha manfiy koʻrsatkichga ega maʼlumotnomaga ega boʻlishlari lozim;
koronavirusga PZR test natijasi boʻyicha manfiy koʻrsatkichga ega maʼlumoti mavjud boʻlmaganda, aeroport, temir yoʻl vokzallari va chegara oʻtkazish punktlarida tashkil etilgan ekspress test topshirishlari shart.
Shuningdek, Avstraliya, Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Daniya, Isroil, Italiya, Niderlandiya, Chexiya va Misr davlatlari hududidan Oʻzbekiston hududiga kirib keluvchi yoʻlovchilar yuqoridagi talablar bajarilgandan soʻng mamlakat hududiga kirib kelgan kundan eʼtiboran oʻn kun davomida majburiy uy karantini yoki oʻz hisoblaridan mehmonxonaga karantinga joylashtiriladi.
Zamnachalnika Slujbы sanitarno-epidemiologicheskogo blagopoluchiya i obщestvennogo zdorovya (SES) Uzbekistana Nurmat Otabekov. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.11.2021
Jamiyat
Otabekov: omikron shtamm ikkinchi va uchinchi mamlakatlar orqali kirib kelishi mumkin
Avvalroq Oʻzbekiston omikron shtamm sabab qator davlatlar bilan aviaqatnovlarni 2021 yil 3 dekabrdan 2022 yil 10 yanvarga qadar toʻxtattishi xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala