Rossiya

Putin Rossiya nima sababdan dollardan voz kechishga majbur boʻlayotganini aytdi

© Sputnik / POOL / Fotobankka oʻtish Prezident RF Vladimir Putin
 Prezident RF Vladimir Putin - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.12.2021
Rossiya yetakchisining soʻzlariga koʻra, mamlakat AQSH harakatlari sabab dollardan voz kechmoqda.
TOSHKENT, 1 dek – Sputnik. Dollarning rezerv valyuta sifatidagi maqomini AQSH hukumatining oʻz siyosati tushirmoqda, masalan, Rossiya sanktsiyalar sabab hamkorlari bilan toʻlovlarni milliy valyutada amalga oshirishga majbur. Agar Vashington oʻz siyosatini oʻzgartirmasa, Rossiya dollardan uzoqlashishda davom etadi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin maʼlum qildi.

“Men dollarning rezerv va toʻlov uchun dunyodagi universal valyuta sifatida ahamiyatini yoʻqotgani haqida gapirmadim. AQSH hukumatining siyosati dollarni qiymatini tushirmoqda, bizni esa dollar maydonidan uzoqlashtirmoqda” - dedi Putin “Rossiya chorlaydi!” investitsiya forumining yalpi majlisida.

Uning taʼkidlashicha, Rossiya dollardan voz kechmoqchi emas, va asosiy rus neftgaz kompaniyalari toʻlovlarni amerika valyutasida amalga oshirmoqda. Ammo, Putinning qoʻshimcha qilishicha, AQSH Moskvaga harbiy-sanoat kompleksidagi hamkorlari bilan dollarda hisob-kitob qilish imkonini bermayapti.
Denejnыe kupyurы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.06.2021
Rossiya
Rossiya bir oy ichida MFFda dollardan toʻliq voz kechadi
“Nima ham qilardik, ketishimiz kerak (dollardan – tahr.). Mudofaa sanoati bilan bogʻliq boʻlmagan ayrim tovarlarga nisbatan ham sanktsiyalar qoʻllashdi, dollarda hisob-kitob qilish ham qiyinlashdi. Shunchaki, Amerika rasmiylari oʻz qoʻllari bilan muammolarni yaratmoqda” - deya qoʻshimcha qildi u.
Rossiya yetakchisi dunyoda dollardagi toʻlov va hisob-kitoblar ham, oltin valyutalari rezervlarida ham kamaygan, yaʼni, 61 foizdan 59 foizgacha pasayish kuzatildi
Uning soʻzlariga koʻra, dunyo oltin zaxira valyutalarida funt, yena ulushi oshgan, dollarniki esa qisqargan. “Agar amerikalik siyosatchilar shunday davom etishsa, tabiiy tarzda dollar qiymati tushishda davom etadi”, - deydi Putin.
Shuningdek, uning taʼkidlashicha, Rossiya koʻplab mamlakatlar bilan hisob-kitob va toʻlovlarni milliy valyutada amalga oshirishni boshlagan. Baʼzi xalqaro tashkilotlarda valyutalar savatchalari tashkillashtirilmoqda. “Bugungi kunda, menimcha, asosiy trend- rezerv valyutalarning soni oshishidir. Menimcha, arab mamlakatlari oʻz rezerv valyutalarini yaratish ustida bosh qotirmoqda, yevro esa rivojlanishda davom etmoqda... albatta toʻlovlar milliy valyutada"- dedi Rossiya rahbari forumdagi chiqishi davomida.
“Biz dollardan butunlay voz kechmaymiz, dollarda ishlashda davom etamiz, buni dollar qanchalik xohlaydi bilmayman, agar xohlamasa, kerak emas, qisqartiramiz”, - xulosa qildi Putin.
Ministr inostrannыx del RF Sergey Lavrov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.03.2021
Dunyoda
Lavrov dollardan voz kechishga chaqirdi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala